Asosiy qismga o‘tish

Darslar va kurs

Revit kursiga ariza va bepul video darslar: Revit, ШНҚ, vizualizatsiya va video montaj.

Yangi oqim — qabul ochiq

Revit: arxitektura va BIM menejment

Ikki oylik onlayn intensiv. Bitta loyihani — 30 qavatli binoni — eskizdan ekspertizagacha o‘zingiz olib borasiz.

Kurs bosqichlari va dasturi
  1. Eskiz va konsepsiya Hajm, fasad g‘oyasi, zamonaviy va klassik uslub
  2. Model va oilalar Devorlar, yopmalar, fasad tizimlari, o‘z oilalaringiz
  3. Ishchi chizmalar Planlar, kesimlar, fasadlar, tugunlar — ШНҚ talablari bilan
  4. Hisob va vedomostlar Maydonlar, kvartirografiya, spetsifikatsiyalar
  5. Koordinatsiya Jamoaviy ish, BIM menejment, Python va pyRevit
  6. Taqdimot va ekspertiza Lumion, DaVinci Resolve, loyihani ekspertizaga tayyorlash

Kim uchun

Revit’ni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va bilimini oshirmoqchi bo‘lgan arxitektorlar, loyihachilar va talabalar uchun.

Dars tartibi

  • Kurs 2 oy davom etadi, haftasiga 6 kun.
  • Bir kun — dars (taxminan 1,5 soat), ertasiga — uy vazifasi tekshiriladi.
  • Darslar yozib olinadi: o‘tkazib yuborsangiz, yozuvdan ko‘rasiz.

Kurs loyihasi

Asosiy loyiha — 30 qavatli, 90 metrdan baland bino. Uni eskizdan ekspertizagacha olib borasiz: fasad tizimlari, zamonaviy va klassik uslublar, ishchi chizmalar, hisob-kitoblar va hujjatlar. Boshqa turdagi loyihalar ham ko‘rsatiladi.

Dasturlar va mavzular

  • Autodesk Revit — noldan, normalar (ШНҚ) bilan ishlash
  • BIM menejment, koordinatsiya va jamoaviy ish
  • Python: pyRevit va Revit API asoslari
  • ChatGPT va Claude bilan ishlash
  • Autodesk Viewer
  • Lumion — vizualizatsiya, DaVinci Resolve — video montaj

Kursda beriladi

  • Muallifning shaxsiy Revit shablonlari va oilalari
  • Bonus darslar
  • NORMA plagini — 3 oy bepul

Kursdan keyin

Eng yaxshi bitiruvchilarga ishga joylashishda yordam beriladi. Roziligi bilan ular saytdagi mutaxassislar reytingiga qo‘shiladi — tashkilotlar shu yerdan xodim qidiradi.

Kursga ariza

Ariza qoldiring — o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman, kurs tartibi va to‘lov haqida aytib beraman.

Savollar bo‘lsa, Telegram’da yozing: @ArchViz_Edu

Bepul video darslar

Darslar shu yerga qo‘shilmoqda. Hozircha ularni YouTube kanalida ko‘ring.

YouTube kanali

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.