Asosiy qismga o‘tish

Veb · qurilish grafigi

BIMFab 4D

Revit modelidan qurilish grafigi — kunma-kun 3D

IFC faylni brauzerda oching — dastur ishlar grafigini tuzadi, muddat va ishchilar sonini normalar bo‘yicha hisoblaydi, binoni kunma-kun ko‘rsatadi va kalendar grafikni ШНҚ 3.01.01-22, 5-ilova shaklida chiqaradi.

4D ni ochish ↗Bepul sinov · fayl serverga yuklanmaydi · kompyuter, telefon, planshet

Yozma qo‘llanma ↓ Savol-javob ↓

Video YouTube’dan — bosganingizda yuklanadi. YouTube’da ochish ↗

Qo‘llanma

6 qadam — har birida ekran rasmi. «Videoda» tugmasi videoning shu joyini ochadi.

  1. IFC faylni oching

    Revit’da modelni IFC formatiga eksport qiling va «IFC ochish» yoki «Fayl tanlash»ni bosing — bir nechta bo‘lim bo‘lishi mumkin (AR, KJ, OV, VK, EOM). Fayl brauzerning o‘zida o‘qiladi, serverga yuklanmaydi. Avval sinab ko‘rish uchun namunaviy loyihani oching — ro‘yxatdan o‘tish shart emas; o‘z faylingiz uchun saytga kiring. Revit eksportida «Разделить стены, колонны, воздуховоды по уровню» va «Экспорт основных величин» yoqilgan, barcha bo‘limlarda koordinata bazisi bir xil bo‘lsin.

    IFC faylni oching
  2. Ishlar grafigi modeldan

    Dastur elementlarni bo‘lim, tur va qavatlarga ajratib, ishlar ro‘yxatini va bog‘lanishlarni o‘zi tuzadi: tayyorgarlik, kotlovan, poydevor, har qavat karkasi, devorlar, deraza-eshiklar, tom, muhandislik tarmoqlari, pardoz va obodonlashtirish. Ish nomi, muddati va qaysi ishdan keyin boshlanishi (FS, SS, FF va kechikish) o‘ng panelda o‘zgartiriladi.

    Ishlar grafigi modeldan
  3. Avto-reja: muddat va ishchilar

    «Avto-reja» modeldagi hajmni resurs-smeta normalari (ШНК 4.02 qurilish, ШНК 4.17 montaj; 2023 yildan tavsiyaviy) bilan ko‘paytirib, har ish uchun mehnat sarfi, ishchilar soni va kunlarni hisoblaydi. Ikki rejim: ishchilar soni bo‘yicha yoki tugash sanasi bo‘yicha. Beton qotishi tanaffusi (karkasdan keyin devorlar) va smenalar hisobga olinadi; qo‘lda kiritgan sonlaringiz ustun bo‘ladi.

    Avto-reja: muddat va ishchilar
  4. Kunma-kun 3D, reja va fakt

    Vaqt chizig‘ini suring yoki ▶ ni bosing — model shu kungi holatda: qurilgan, jarayonda va hali qurilmagan elementlar alohida rangda. «Fakt» rejimida haqiqiy sanalarni kiritasiz — kechikish va prognoz ko‘rinadi; kritik yo‘l grafikda belgilanadi. Yuqori qavat elementlari pastdagi karkasdan oldin qurilsa, dastur ogohlantiradi va «Tuzatish»ni taklif qiladi.

    Kunma-kun 3D, reja va fakt
  5. Kesim va bino ichida yurish

    X-Y-Z kesim qutisi bilan binoni istalgan tomondan kesib ko‘rasiz, nuqta koordinatalari ko‘rsatiladi. «Piyoda» va «Uchish» rejimlarida bino ichida yurasiz: klaviaturada WASD va sichqoncha, telefonda — joystik.

    Kesim va bino ichida yurish Kesim va bino ichida yurish
  6. Kalendar grafik — Excel va PDF

    Kalendar grafik ШНҚ 3.01.01-22, 5-ilova (1-shakl) bo‘yicha: ish hajmlari, mehnat sarfi, mashinalar, davomiylik, smena, ishchilar soni, brigada tarkibi va dekadalar bo‘yicha grafik — Excel (.xlsx) va chop etish (PDF). Grafikni saqlab, keyin davom ettirasiz: bitta hisobda 3 ta loyiha («Loyihalarim»).

    Kalendar grafik — Excel va PDF

Natijada nima olasiz

Namunaviy loyiha — 10 qavatli ofis binosi: Avto-reja qo‘llangandan keyin chiqarilgan kalendar grafik, barcha varaqlari.

Kalendar grafik — chop etish

ШНҚ 3.01.01-22, 5-ilova, 1-shakl: ish hajmlari, mehnat sarfi, mashinalar, davomiylik, ishchilar, brigada tarkibi, dekadalar bo‘yicha grafik va ishchi kuchi harakati.

To‘liq ekran
Kalendar grafik — chop etish — Rekvizitlar, tayyorgarlik va karkas

1 / 4 Rekvizitlar, tayyorgarlik va karkas

Savol-javob

IFC fayl serverga yuklanadimi?

Yo‘q. Fayl brauzeringizda ochiladi. Saqlaganingizda serverga faqat grafik (ishlar, muddatlar, bog‘lanishlar) yoziladi — modelning o‘zi emas.

Muddatlar qanchalik aniq?

Mehnat sarfi normalar bo‘yicha hisoblanadi, lekin natija tavsiyaviy: model sifati, ishchilar soni va obyekt sharoitiga bog‘liq. Har bir obyekt uchun mutaxassis tekshiradi va kerak bo‘lsa qo‘lda tuzatadi.

Texnika soni ham hisoblanadimi?

Mashina soatlari normadan chiqadi; mashinalar soni hozircha yer ishlarida (ekskavator) hisoblanadi. Kran va boshqa texnikani qo‘lda kiritasiz.

Telefonda ishlaydimi?

Ha — telefon va planshetda ham ochiladi; bino ichida yurish uchun ekranda joystik bor. Katta modellar uchun kompyuter qulayroq.

4D va 5D BIM nima? →

BIMFab 4D’ni hozir sinab ko‘ring

Bepul sinov · fayl serverga yuklanmaydi · kompyuter, telefon, planshet

4D ni ochish ↗bimfab.uz/4d/

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.