Darslar va kurs
Revit kursiga ariza va bepul video darslar: Revit, ШНҚ, vizualizatsiya va video montaj.
Yangi oqim — qabul ochiq
Revit: arxitektura va BIM menejment
Ikki oylik onlayn intensiv. Bitta loyihani — 30 qavatli binoni — eskizdan ekspertizagacha o‘zingiz olib borasiz.
Kurs bosqichlari va dasturi
- Eskiz va konsepsiya Hajm, fasad g‘oyasi, zamonaviy va klassik uslub
- Model va oilalar Devorlar, yopmalar, fasad tizimlari, o‘z oilalaringiz
- Ishchi chizmalar Planlar, kesimlar, fasadlar, tugunlar — ШНҚ talablari bilan
- Hisob va vedomostlar Maydonlar, kvartirografiya, spetsifikatsiyalar
- Koordinatsiya Jamoaviy ish, BIM menejment, Python va pyRevit
- Taqdimot va ekspertiza Lumion, DaVinci Resolve, loyihani ekspertizaga tayyorlash
Kim uchun
Revit’ni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va bilimini oshirmoqchi bo‘lgan arxitektorlar, loyihachilar va talabalar uchun.
Dars tartibi
- Kurs 2 oy davom etadi, haftasiga 6 kun.
- Bir kun — dars (taxminan 1,5 soat), ertasiga — uy vazifasi tekshiriladi.
- Darslar yozib olinadi: o‘tkazib yuborsangiz, yozuvdan ko‘rasiz.
Kurs loyihasi
Asosiy loyiha — 30 qavatli, 90 metrdan baland bino. Uni eskizdan ekspertizagacha olib borasiz: fasad tizimlari, zamonaviy va klassik uslublar, ishchi chizmalar, hisob-kitoblar va hujjatlar. Boshqa turdagi loyihalar ham ko‘rsatiladi.
Dasturlar va mavzular
- Autodesk Revit — noldan, normalar (ШНҚ) bilan ishlash
- BIM menejment, koordinatsiya va jamoaviy ish
- Python: pyRevit va Revit API asoslari
- ChatGPT va Claude bilan ishlash
- Autodesk Viewer
- Lumion — vizualizatsiya, DaVinci Resolve — video montaj
Kursda beriladi
- Muallifning shaxsiy Revit shablonlari va oilalari
- Bonus darslar
- NORMA plagini — 3 oy bepul
Kursdan keyin
Eng yaxshi bitiruvchilarga ishga joylashishda yordam beriladi. Roziligi bilan ular saytdagi mutaxassislar reytingiga qo‘shiladi — tashkilotlar shu yerdan xodim qidiradi.
Kursga ariza
Ariza qoldiring — o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman, kurs tartibi va to‘lov haqida aytib beraman.
Savollar bo‘lsa, Telegram’da yozing: @ArchViz_Edu
Bepul video darslar
Darslar shu yerga qo‘shilmoqda. Hozircha ularni YouTube kanalida ko‘ring.