Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar ҚМҚ 2.04.17-19

ҚМҚ 2.04.17-19, 2.38-банд

2. СУНЪИЙ ЁРИТИШ · Ёритгичларни танлаш ва уларнинг жойлашиши

2.38

Хонадонлар ва ётоқхоналарнинг майдони 10 м² ва ундан кўп бўлган яшаш хоналарида энергия тежамкорлик мақсадида ёруғлик диод ёритгичларини, шунингдек , икки қисмлаб ёқиб бўладиган, ёруғлик диод чироқли люстраларни ўрнатиш имкониятини кўзда тутиш лозим. Ётоқхоналар яшаш хоналарида бир нечта люминесцент ёритгичларни ўрнатишда уларни алоҳида ёқиш имкониятини мўлжаллаш зарур.

Шипдаги ёритгичларни илиш учун мўлжалланган илгак электризоляцияловчи найча ёрдамида изоляцияланган бўлиши керак. Ушбу талаб илгакларни ёғоч бостирма балкаларига маҳкамланиш ҳолларига таалуқли эмас.

Маиший ёритгичларни осиш учун мўлжалланган илгакларнинг ўлчамлари қуйидагича бўлиши керак, мм: яримҳалқанинг ташқи диаметри – 35; ёғоч бостирма балкасидан букланиш бошланиш жойигача бўлган масофа – 12. Илгаклар яхлит пўлатдан ясалганда, симчанинг диаметри 6 мм бўлиши керак.

Chizma

Maishiy yoritgichlarni osish ilgagiShiftdagi yoritgich ilgagi — o‘lchamlarSxematik; mmyog‘och bostirma balka⌀ 35 (tashqi)12bukilish boshlangunchayaxlit po‘latdan —sim diametri 6 mmelektr izolyatsiyalovchinaycha bilan izolyatsiyaSinov yuki: yoritgich og‘irligining 5 barobari, 10 daqiqa —shikastlanish va qoldiq deformatsiyasiz (2.39).Yashash xonalari, oshxona va dahlizlar uchun yoritgich massasi 10 kg deb qabul qilinadi.2.38-band: ilgak elektr izolyatsiyalovchi naycha bilan izolyatsiya qilinadi (yog‘och balkaga mahkamlanganda —talab qilinmaydi).
Shiftdagi yoritgichlarni ilish uchun ilgak elektr izolyatsiyalovchi naycha bilan izolyatsiya qilinadi (yog‘och bostirma balkalariga mahkamlansa — talab qilinmaydi). Ilgak o‘lchamlari: yarimhalqaning tashqi diametri — 35 mm, yog‘och balkadan bukilish boshlanadigan joygacha — 12 mm; yaxlit po‘latdan bo‘lsa, sim diametri 6 mm. Osish moslamalari yoritgich og‘irligining besh barobariga teng yukni 10 daqiqa davomida shikastlanishsiz va qoldiq deformatsiyasiz ko‘tarib turishi kerak; yashash xonalari, oshxona va dahlizlar uchun yoritgich massasi 10 kg deb qabul qilinadi (ҚМҚ 2.04.17-19, 2.38, 2.39-bandlar). Sxema.

Rasmiy manba: Qurilish vazirligining rasmiy nashri (skan PDF). Matn holati: 08.06.2023. Lotin yozuvi — avtomatik o‘girilgan, rasmiy matn kirill yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.