Normativ hujjatlar SanQvaN 0102-25
SanQvaN 0102-25, 10-band
2-bob. Turar joy obyektlarini qurish uchun yer maydonini tanlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Turar joy obyektlarini qurishda havoda ultratovushning ruxsat etilgan darajalari oʻrtacha geometrik chastotalari 12,5, 16, 20, 25, 31,5, 40, 50, 63, 80, 100 kNz boʻlgan uchdan bir oktavali chiziq (polosa)larda desibellarda tovush bosimi darajalari boʻyicha hisoblanishi lozim.
Kontaktli ultratovushning ruxsat etilgan darajalari oʻrtacha geometrik chastotalari 16, 31,5, 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000, 16000 va 315000 kNz boʻlgan oktava chiziqlarda (polosalarida) tebranish tezligining maksimal qiymatlari yoki ularning desibellardagi logarifmik darajalari asosida hisoblanishi kerak.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.11.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.