Normativ hujjatlar SanQvaN 0102-25
SanQvaN 0102-25, 14-band
2-bob. Turar joy obyektlarini qurish uchun yer maydonini tanlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanishlarning ruxsat etilgan darajasi quyidagicha boʻlishi kerak:
30 kNz — 300 MNz chastotalar oraligʻida — radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanish elektr tarkibiy qismining oʻrtacha kvadratik kuchlanganlik qiymati V/m birligida;
300 MNz — GNz chastotalar diapazonida — energiya oqimi zichligining oʻrtacha kvadratik qiymati mkW/cm2 da.
Bunda har bir chastotalar diapazoni quyi chegaraviy chastotani oʻz ichiga olishi hamda yuqori chegaraviy chastota hisobga olinmasligi zarur.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.11.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.