Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SanQvaN 0102-25

SanQvaN 0102-25, 54-band

3-bob. Turar joy obyektlarini loyihalashtirishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari

54

1 — 4 qavatli boʻlgan uylarda faqat yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda, koʻp qavatli uylarda esa ikki qavatdan ortiq boʻlmagan qismda faoliyat turlarini joylashtirishda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilinishi lozim.

Koʻp qavatli turar joy obyektining yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida ushbu uyda yashovchilar uchun sanitariya-gigiyena va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda oʻrnatilgan va qurilgan avtoturargohlarni SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 335, 2025-yil 24-fevral) talablariga muvofiq joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.11.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.