Normativ hujjatlar SanQvaN 0102-25
SanQvaN 0102-25, 56-band
3-bob. Turar joy obyektlarini loyihalashtirishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Mahalliy sharoitlari qulay boʻlgan hududlarda (yer osti suvlari sathi past, gruntlarning choʻkuvchanligi kam boʻlgan) qozonxonalar, ustaxonalar, omborxonalarni joylashtirish uchun yarim yertoʻla (sokol) qavatlarini qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻp kvartirali turar joy obyektlarining birinchi yoki yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida rakvinali tozalash anjomlarini saqlash uchun omborxonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida texnik qavatdan tashqari yashovchilar uchun xoʻjalik omborlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.11.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.