Normativ hujjatlar SanQvaN 0102-25
SanQvaN 0102-25, 58-band
3-bob. Turar joy obyektlarini loyihalashtirishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Koʻp kvartirali uylarning yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida quyidagi shartlar bajarilganda yashash xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
yerosti suvlari yer sathidan 3 m va undan pastda boʻlgan hududlarda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatining kamida 1/3 qismi yer sathidan yuqorida loyihalashtirilganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavati xonalarining poldan shiftgacha boʻlgan balandligi 2,7 m dan kam boʻlmaganda;
yarim yertoʻla (sokol) dan oʻtuvchi gorizontal muhandislik tizimlar (tarmoqlar) yashash xonalarini inobatga olgan holda joylashtirilganda;
yarim yertoʻla xonalarining tashqi devorlari va pollarining issiqlik himoyasi hamda suvdan himoyalash (gidroizolyatsiya) taʼminlanganda;
yarim yertoʻlalarda (sokol) umumiy foydalanishdagi alohida texnik xonalar loyihalashtirilganda;
yarim yertoʻla (sokol) turar joy qismidagi yuvinish va hojatxona joylashuvi loyiha hujjatlarida tepa qavatlar bilan bir xil boʻlganda;
yarim yertoʻla (sokol) turar joy qismidan umumiy foydalanishdagi oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini orayopma qismidan gorizontal ravishda oʻtkazilmagan va muhandislik tarmoqlarini devor ichiga joylashtirilmagan holda;
yashash xonalaridan toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga chiquvchi derazalar oʻrnatilganda;
tabiiy yorugʻlik va insolyatsiya darajasi 22-fevraldan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda 2 h (soat) dan kam boʻlmaganda;
havoning yaxshi aylanishi (mexanik ventilyatsiyasi) taʼminlanganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatidagi oshxona va sanitariya xonalari oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi binoning umumiy kanalizatsiya tizimi sathidan yuqori joylashganda hamda qaytaruvchi klapan bilan jihozlanganda;
taom tayyorlash uchun elektr plitalardan foydalanilganda;
tabiiy va suyultirilgan gazlarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarda hamda portlab yonish xavfiga ega boʻlgan boshqa moddalar va materiallarda ishlaydigan qurilma va asbob-uskunalar boʻlmaganda.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.11.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.