Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar ШНҚ 2.01.02-04

ШНҚ 2.01.02-04, 1-илова, 3.8-банд

1-илова. Баланд биноларни ёнғиндан ҳимоя қилиш · 3. Асосий қоидалар ва шаҳарсозлик талаблари

3.8

Баланд бинолар юқори босимли ёнғин ўчириш автонасоси ҳамда баландлиги камида 50 м бўлган автонарвон (тирсакли кўтаргич) билан жиҳозланган ёнғин-қутқарув депосининг хизмат кўрсатиш ҳудудида жойлаштирилади.

Бунда ёнғин-қутқарув депосидан баланд биногача бўлган масофа умумий фойдаланишдаги автомобиль йўллари бўйича ҳисобланган энг қисқа ҳаракатланиш маршрути асосида аниқланади ҳамда 3 000 м дан ошмаслиги лозим.

Кўрсатиб ўтилган масофаларга риоя қилишнинг имкони бўлмаса, лойиҳалаштирилаётган комплекс таркибида кам сонли ёнғин-қутқарув бўлинмасини ташкил этишни назарда тутиш лозим. Ушбу бўлинманинг шахсий таркиби сони, шунингдек ёнғин-қутқарув техникалари ва бошқа воситалар билан таъминлаш ФВВ билан келишилади.

(3.8-банднинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикаси қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирининг 2026 йил 12 майдаги 01/2-19-сонли буйруғи (ҳисоб рақами 402, 25.05.2026 й.) таҳририда)

BIMFAB eslatmasi: 01/2-19-son buyruq «3.8-band»ning birinchi xatboshisini o‘zgartiradi. Asosiy matnning 3-bo‘limi 3.6-band bilan tugaydi; mazmuniga ko‘ra bu 1-ilovaning 3.8-bandi (baland binolar va yong‘in-qutqaruv deposi). Buyruq faqat birinchi xatboshini yangi tahrirga keltirgani uchun eski ikkinchi xatboshi («Кўрсатиб ўтилган масофаларга…») saqlab qolindi; lex.uz matnida u yo‘q — lex.uz bilan solishtiring.

Chizma

Baland bino yong‘in-qutqaruv deposining xizmat ko‘rsatish hududida (01/2-19)Depodan baland binogacha — sxema1-ilova, 3.8-band (2026-yil tahriri)yong‘in-qutqaruvdeposibaland binoumumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yichaeng qisqa yo‘nalish ≤ 3 000 mDepo jihozlari:• yuqori bosimli o‘t o‘chirish avtonasosi;• balandligi kamida 50 m avtonarvon (tirsakli ko‘targich).3.8-band birinchi xatboshisi 01/2-19-son buyruq (12.05.2026) tahririda. Eski ikkinchi xatboshi saqlangan:masofaga rioya qilib bo‘lmasa — kompleks tarkibida yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi.
Baland binolar yuqori bosimli yong‘in o‘chirish avtonasosi va balandligi kamida 50 m avtonarvon (tirsakli ko‘targich) bilan jihozlangan yong‘in-qutqaruv deposining xizmat ko‘rsatish hududida joylashtiriladi; depodan baland binogacha masofa umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha eng qisqa harakatlanish yo‘nalishi asosida aniqlanadi va 3 000 m dan oshmaydi (ШНҚ 2.01.02-04, 1-ilova, 3.8-band). Sxema.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 25.05.2026. Lotin yozuvi — avtomatik o‘girilgan, rasmiy matn kirill yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.