Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 126-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Karkasli bir qavatli sanoat binolarida tomyopma diskining yaxlitligi quyidagi usullar orqali taʼminlanishi lozim:
qovurgʻali plitalarni stropil konstruksiyalarining biriktiruvchi detallariga payvandlash;
koʻndalang choklar bilan kesishadigan joylarda plitalar orasidagi boʻylama choklarga armatura karkaslarini oʻrnatish;
plitalar oraligʻini qorishma yoki sinfi B15 dan past boʻlmagan mayda donali beton bilan toʻldirish hamda shponkalar hosil qilish;
yondosh plitalarni yuqori sirti boʻylab oʻzaro biriktirish.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.