Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 222-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar
222
Tosh devorli bino elementlarining oʻlchamlari hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi hamda 17-jadvalda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
| T/r | Devor elementi | Hisobiy seysmikligiga bogʻliq boʻlgan terim parametri, ballarda | |||
|---|---|---|---|---|---|
| 7 | 8 | 9 | >9 | ||
| 1. | Ikki eshik yoki deraza orasi (eni), kamida, m: oliy toifadagi terim uchun I-toifa terimi uchun II-toifa terimi uchun | 0,6 0,77 0,9 | 0,7 0,9 1,16 | 0,9 1,16 1,55 | 1,2 1,55 2,0 |
| 2. | Deraza va eshik oʻrnining maksimal kengligi, m | 3,5 | 3,0 | 2,5 | 2,0 |
| 3. | Ikki deraza yoki eshik orasidagi devor enini deraza yoki eshik oʻrnining kengligiga minimal nisbati | 0,25 | 0,35 | 0,5 | 1,0 |
| Izohlar: 1) ikki deraza yoki eshik oʻrni orasidagi devor boʻlagi balandligining uning eniga nisbati tosh va gʻisht terimi uchun 2 dan, kompleks konstruksiyali terim uchun esa 3 dan ortiq boʻlganda, bunday devor boʻlagi seysmik yuklamalarga hisoblashda hisobga olinmaydi; 2) kengligi ushbu jadvalning 2-pozitsiyasida koʻrsatilgan eng katta qiymatdan ortiq boʻlgan deraza va eshik oʻrinlari temirbeton elementlar bilan kuchaytirilishi lozim. | |||||
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.