Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 224-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 5-§. Tosh-gʻishtli binolar
Plitalar montaj qilinganidan soʻng orayopma va tom yopmalar sathida barcha boʻylama hamda koʻndalang devorlar boʻylab yaxlit temirbetondan yoki yon qirralarida shponkali botiqlari boʻlgan yigʻma-yaxlit temirbetondan uzluksiz armaturalangan antiseysmik kamarlar nazarda tutilishi lozim.
Yuqori qavat antiseysmik kamarlari terim bilan chiqarib qoldirilgan vertikal armatura sterjenlari yoki temirbeton bogʻlamlar orqali bogʻlanishi zarur.
Chizma
3D ko‘rinish
3D ko‘rinish ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.