Bino va inshootning hisobiy ekspluatatsiya muddati maʼlum boʻlmaganda yoki ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadigan zilzilaning eng kam takroriylik davri bino va inshootning ekspluatatsiya muddatidan katta boʻlgan hollarda, ikkinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-2) boʻyicha tekshirish hisobiy seysmiklikdan 1 ball past boʻlgan seysmik taʼsir uchun amalga oshiriladi.
Obyektning hisobiy xizmat muddati loyiha topshirigʻiga muvofiq belgilanadi.
Qurilish maydonchasi uchun ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadigan maksimal seysmik jadallikdagi zilzilaning takroriylik davri obyektning hisobiy xizmat muddatidan kichik boʻlgan hollarda, birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) boʻyicha tekshirishda hisobiy seysmik taʼsir qiymatlari 20 foizga oshiriladi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.