Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 25-band

4-bob. Seysmik taʼsirlarni hisoblash

25

Hisobda bino va inshootlarning ilgarilama, zarurat boʻlganda, aylanma tebranishlari ham koʻrilishi lozim.

Bir oʻlchamli konsol koʻrinishdagi hisoblash modellari uchun seysmik taʼsirlar boʻylama va koʻndalang oʻqlar boʻyicha alohida qabul qilinadi.

Murakkab konstruktiv-tarhiy yechimga ega bino va inshootlarni hisoblashda seysmik taʼsirlarning eng xavfli yoʻnalishi hisobga olinishi lozim. Bunda inshootda yoki uning alohida qismlarida seysmik taʼsirlarning eng katta qiymatlarini hosil qiladigan hisobiy holatlar aniqlanadi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.