Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 254-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 7-§. Mustahkamligi past devorbop buyumlardan tiklanadigan kam qavatli binolar
Qavat balandligining oʻrta sathida har bir yoʻnalishda deraza yoki eshik oraligʻidagi devorning kesim yigʻindisi devor tashqi perimetri boʻyicha bino yuzasining 4 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Devorlarda qoldiriladigan deraza yoki eshik oʻrinlari orasidagi devor eni 1 m dan kam boʻlmasligi, deraza yoki eshik oʻrinlarining eni esa 1,5 m dan oshmasligi zarur.
Devorda deraza yoki eshik oʻrinlari yogʻoch karkaslar yoki temirbeton oʻzaklar bilan kuchaytirilishi kerak.
Qavat balandligining devor qalinligiga nisbati 9 dan katta boʻlmasligi zarur.
Bino tarhidan devorlarning (siniq chiziqli) turtib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chizma
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.