Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 260-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 7-§. Mustahkamligi past devorbop buyumlardan tiklanadigan kam qavatli binolar
Tosh-gʻishtli binolar uchun quyiladigan talablarga muvofiq yaxlit temirbeton kamarlar sinfi V5 dan past boʻlmagan betondan devorning butun kengligida joylashtiriladi.
Devorlardan 0,5 m dan oshmagan qadam bilan terimga 300 mm uzunlikda ankerlangan vertikal armatura chiqarib qoldiriladi.
Devor terimida 1 m qadami bilan oʻlchamlari 140x140 mm, chuqurligi 300 mm dan kam boʻlmagan oʻyiqlar hosil qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Seysmik kamarlar bilan betonlash jarayonida bu oʻyiqlar 4 dona diametri 5 mm boʻlgan sterjenlar bilan armaturalanib yaxlitlanadi.
Chizma
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.