Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 274-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 8-§. Temirbeton konstruksiyalar
Temirbeton konstruksiyalari elementlarida quyidagi armatura poʻlatlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi:
uzilishdagi nisbiy uzayishi 2 foizdan kam boʻlgan armatura poʻlatlari;
payvandlash yoki yuqori harorat taʼsiridan keyin uzilishdagi nisbiy uzayishi 2 foizdan kamayadigan armatura poʻlatlari;
payvandlash yoki yuqori harorat taʼsiri natijasida egilishning ruxsat etilgan burchagi kamayadigan armatura poʻlatlari.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.