Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 297-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 8-§. Temirbeton konstruksiyalar
Koʻp qavatli karkasli binolarning yigʻma ustunlari, imkon qadar, bir nechta qavat balandligiga moʻljallangan yiriklashtirilgan elementlardan qabul qilinishi lozim.
Ustunlarning boʻylama armaturalari tutashadigan joylarda ularni payvandsiz ustma-ust tutashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ustunlarni tayyorlash, koʻtarish, tashish va montaj qilish jarayonida ularning betonida yoriqlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.