Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 307-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 8-§. Temirbeton konstruksiyalar
Seysmikligi >9 ball boʻlgan hududlarda sterjenlarning ankerlanish zonasidagi yaxlit betonda ankerlanadigan sterjenlarni qamrab oluvchi qoʻshimcha payvand toʻrlar yoki qadami 70 mm boʻlgan xomutlar koʻrinishidagi konstruktiv koʻndalang armaturalar nazarda tutilishi lozim.
Seysmikligi >9 ball diametri 28 mm va undan ortiq boʻlgan armatura kanatlarini, shuningdek davriy profilli armatura sterjenlarini maxsus ankerlarsiz qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.