Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 315-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari
Pardevorlar, odatda, yengil materiallardan barpo etilishi lozim.
Yirik panelli yoki karkasli pardevorlar devorlar va ustunlarga, pardevor uzunligi 3 m dan ortiq boʻlganda esa qavatlararo yopmalarga ham mahkamlanishi kerak.
Pardevorlar uchun devorbop mayda oʻlchamli devorbop buyumlar, gʻisht, sopol toshlar, tabiiy va sunʼiy materiallardan tayyorlangan yirik oʻlchamli devorbop buyumlar bloklar, gipsli plitalar, shu jumladan paz-grebenli plitalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Chizma
3D ko‘rinish
3D ko‘rinish ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.