Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 337-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 10-§. Poʻlat karkasli binolar
Poʻlat progonlar ustidan yotqiziladigan profillangan toʻshama (profnastil) dan iborat tom yopmalarning bikirligini taʼminlash uchun toʻshama listlarini progonlarga yoki stropil konstruksiyalarning yuqori belbogʻlariga har bir pastki toʻlqinida, siljishga qarshilik koʻrsatadigan “bolt-samorez” yoki “parchin mix” bilan mahkamlanadi.
Profillangan toʻshama (profnastil) uzunligi boʻylab kamida har 250 mm da parchin mix yoki boltlar bilan mahkamlanishi lozim.
Profilli toʻshamali qoplama diskining bikirligini oshirish uchun ferma yuqori progonida gorizontal bogʻlovchilar tizimi nazarda tutilishi lozim.
Chizma
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.