Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 353-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 2-§. Ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari
Ichimlik suvi taʼminoti tizimida yagona suv manbasidan, shu jumladan yer usti suv manbasidagi yagona suv olish nuqtasi (stvor)idan foydalanilganda, seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda suv saqlash sigʻimlarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
yongʻinni oʻchirish uchun zarur suv hajmining ikki baravari;
avariya holatida xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish ehtiyojlarini taʼminlash uchun avariya suv hajmi.
Avariya suv hajmi hisobiy suv sarfining kamida 70 foizini seysmikligi 8 ball boʻlgan hududlarda kamida 8 h, 9 ball boʻlgan hududlarda kamida 12 h davomida taʼminlashi lozim.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.