Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 355-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 2-§. Ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlari
Ichimlik suvi taʼminoti tizimlarining favqulodda vaziyatlar va seysmik taʼsirlar sharoitida ishonchli ishlashini taʼminlash uchun loyiha hujjatlarida quyidagi texnik yechimlar nazarda tutilishi lozim:
bosimli rezervuarlarni bir-biridan xavfsiz masofada joylashtirish;
suv bosimi minoralarini bosimli rezervuarlar bilan almashtirish imkoniyati;
xoʻjalik-ichimlik, ishlab chiqarish va yongʻinga qarshi suv taʼminoti tarmoqlari oʻrtasida avariya holatida foydalanish uchun ulovchi quvurlarni oʻrnatish;
tarmoqlarning gidravlik va sanitariya jihatdan xavfsiz ishlashini taʼminlash;
zarur hollarda, tegishli tozalash va zararsizlantirishdan soʻng suvni xoʻjalik-ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻiga uzatish imkoniyati.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.