Seysmik faol hududlarda loyihalanadigan bino va inshootlar hisobiy xizmat muddati davomida quyidagi zilzilabardoshlik talablariga javob berishi lozim:
zilzilaning hisobiy jadalligi taʼsirida insonlar hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, bino va inshootlarning umumiy ustuvorligi hamda yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning qulab tushmasligini taʼminlash;
hisobiy jadallikdan past boʻlgan seysmik taʼsirlarda obyektning loyihada belgilangan funksional vazifasini bajarishini, uning ekspluatatsiyaga yaroqliligini va shikastlangan konstruksiyalarni tiklash imkoniyatini taʼminlash;
seysmik taʼsirlar natijasida mahalliy shikastlanishning progressiv qulashga olib kelishi xavfini kamaytirish.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.