Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 413-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 4-§. Binolarning ichki ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari
Seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda kengaytirilgan uchli (rastrubli) yoki muftali ulanishga ega quvurlarning ulama-choklari hisobiy seysmik siljishlar va tasodifiy choʻkishlardan hosil boʻladigan deformatsiyalarni qabul qilishini taʼminlashi lozim.
Bunda ulama-choklarni germetizatsiya qilish uchun rezina halqalar yoki loyihada nazarda tutilgan, deformatsiyani qabul qiluvchi boshqa elastik zichlagichlar qoʻllanilishi lozim.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.