Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 443-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar

443

Mazkur SHNQning 442-bandida keltirilgan murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda quvur oʻtkazishdan boshqa texnik jihatdan maqbul variant mavjud boʻlmaganda, loyiha yechimi muhandislik-geologik, seysmologik va texnik-iqtisodiy asoslar asosida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.

Bunda quvurning ishonchliligi va germetikligini taʼminlaydigan qoʻshimcha chora-tadbirlar, jumladan gruntni mustahkamlash, transheyani maxsus tayyorlash, kompensatsiya qiluvchi qurilmalar, muhofaza gʻiloflari, avtomatik berkitish moslamalari nazarda tutilishi lozim.

Faol tektonik yoriqni kesib oʻtuvchi quvur uchastkalari boʻyicha loyiha yechimi maxsus texnik shartlar asosida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.