Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 493-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 9-§. Ichimlik suvi va oqova suvlari inshootlari
493
Ichimlik suvi taʼminoti tizimiga tegishli bino va inshootlarning hisobiy seysmikligi 30-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
| SHNQ 2.04.02-19 ga muvofiq bino va inshootlarning masʼullik sinfi | Qurilish maydonchasining seysmikligi quyidagicha boʻlganda bino va inshootlarning hisobiy seysmikligi, ballarda | ||
|---|---|---|---|
| 7 | 8 | 9 | |
| I-II | 7 | 8 | 9 |
| III | Seysmik taʼsirlar hisobga olinmaydi | 7 | 7 |
| Izohlar: 1) bino va inshootlar hisobiy seysmiklikka mos seysmik yuklamalar taʼsiriga hisoblanishi lozim; 2) zilzila oqibatlarini bartaraf etish davrida ishlashi zarur boʻlgan bino va inshootlar uchun seysmik yuklamalar 1,2 koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi; 3) yer usti suv manbalaridan suv oluvchi inshootlar uchun seysmik yuklamalar 1,5 koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi. | |||
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.