Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 498-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 10-§. Kamera va quduqlar

498

Quduqlarning balandligi boʻyicha gorizontal tutashuv choklarida yigʻma elementlarning oʻzaro siljishiga yoʻl qoʻymaslik uchun konstruktiv chora-tadbirlar nazarda tutilishi lozim.

Tutashuv choklarining mustahkamligi quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi bilan taʼminlanishi lozim:

doiraviy kesimli yigʻma elementlardan tashkil topgan quduqlarda choklarni poʻlat bogʻlovchi elementlar bilan kuchaytirish;

gʻisht va betondan tayyorlangan doiraviy quduqlarni konstruktiv armaturalash;

gʻisht va betondan tayyorlangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi quduqlar devorlari hamda tutashuv choklarini konstruktiv armaturalash.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.