Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 53-band

4-bob. Seysmik taʼsirlarni hisoblash

53

Ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisi boʻyicha bajariladigan hisoblarda ikkinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-2) vujudga kelmasligini tekshirish konstruksiyalarning elastik ishlash bosqichida 3-formuladan aniqlanadigan zoʻriqishlar taʼsiriga bajariladi.

Bunda binolar deformatsiyasi mazkur SHNQning 7-jadvalida belgilangan qiymatlardan oshmasligi zarur.

7-jadval
T/rDeformatsiya turlari va elementlar tasnifiqavatlarning nisbiy ogʻishi Δk/hk hamda bino yuqori qismining nisbiy koʻchishi γmax/N
1.Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga qattiq biriktirilgan moʻrt materialdan tashkil topgan yuk koʻtaruvchi elementli (devor) binolar1/200
2.Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar deformatsiyasi taʼsiridan himoya qilingan holda biriktirilgan moʻrt materialdan tashkil topgan yuk koʻtaruvchi elementli (devor) binolar1/70
3.Balandligi 42,1 — 56 m (16 qavat) gacha oraliqda boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli poʻlat (9 ballik hududlar uchun) va temirbeton (8 ballik hududlar uchun) karkasli binolar1/100
4.9 ballik hududlarda balandligi 33,1 — 56 m gacha oraliqda boʻlgan bogʻlamli yoki rama bogʻlamli temirbeton karkas hamda balandligi 50,1 — 65 m gacha oraliqda boʻlgan koʻndalang devorlar qadami 4,21 — 6,6 m oraligʻida boʻlgan yaxlit temirbeton devorli, yirik panel devorli, hajmiy temirbeton blokli 16 qavatgacha binolar1/200
Izohlar:
1) qabul qilingan belgilanishlar:
Δk — k va k+1 qavat orayopmalarining absolyut siljishlarining ayirmasi;
hk — k qavat balandligi;
— bino tom yopmasi sathidagi koʻchishi;
N — poydevor ustki sathidan tom yopmasi sathigacha boʻlgan balandlik;
2) ushbu jadvalning 3-pozitsiyasida keltirilgan binolarning moʻrt materialdan tashkil topgan devorlari uning yuk koʻtaruvchi elementlarga qattiq biriktirilganda qavatlarning nisbiy ogʻishi hamda bino yuqori qismining nisbiy koʻchishi ushbu jadvalning 1-pozitsiyasidagi chegaraviy parametrlardan oshmasligi lozim.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.