Tarhda yoki balandlik boʻyicha nomuntazam konstruktiv tizimga ega bino va inshootlar gorizontal seysmik taʼsirlarga fazoviy hisoblash modeli asosida hisoblanishi lozim.
Ushbu SHNQning 71 — 77-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda bir oʻlchamli hisoblash modelini qoʻllashga yoʻl qoʻyilsa, hisobiy grunt tezlanishi qiymati Km koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi.
Km koeffitsiyenti konstruktiv tizimning muntazamlik koʻrsatkichiga koʻra kuyidagi 13-jadvaldan qabul qilinadi.
| T/r | Sxema | Parametr | Muntazamlik koʻrsatkichi | ||
|---|---|---|---|---|---|
| Km koeffitsiyenti | |||||
| Muntazam | Kvazimuntazam | Nomuntazam | |||
| 1. | ![]() | ||||
| 2. | ![]() | ||||
| - | |||||
| 3. | ![]() | ||||
| 4. | ![]() | ![]() | ![]() | ||
| 5. | ![]() | ||||
| Izohlar: 1) ushbu jadvalning 1, 2, 3-pozitsiyalari binoning tarhdagi shakliga, 4 va 5- pozitsiyalari esa balandlik boʻyicha oʻlchamlarning oʻzgarishiga taalluqli; 2) bino oʻlchamlari balandlik boʻyicha bir tomonlama oʻzgarsa, hisobiy parametrlar 2-martaga oshirilgan holda qabul qilinadi; 3) agar bitta sxemaga mos keluvchi ikkita parametr mavjud boʻlsa, hisoblash uchun Km koeffitsiyentining maksimal qiymatini taʼminlovchi miqdor qabul qilinadi. | |||||
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.






