Bikirlik markazi bilan massa markazi mos tushmagan hollarda, k-sathdagi burovchi moment qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
Qk — xususiy tebranishlarning birinchi shakliga mos gorizontal seysmik yuklardan hosil boʻladigan binoning k-sathidagi kesuvchi kuch;
ek — bino va inshootning bikirlik va massa markazlari orasidagi masofa.
Burovchi moment seysmik taʼsirning har ikki yoʻnalishi uchun eng noqulay taʼsirni taʼminlaydigan holatda hisobga olinishi lozim.
Bino va inshootning har bir sathida X va Y yoʻnalishlarining har biri uchun bikirlik va massa markazlari orasidagi ekssentrisitet burilish radiusining (rb) 0,30 qismidan oshmasligi (e0≤0,30rb), burilish radiusi esa orayopma massasining tarhdagi inersiya radiusidan kam boʻlmasligi (rb≥ls) lozim.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.