Oʻz ogʻirligini koʻtaruvchi devorlar va panellar, oʻz tekisligidan tashqarida joylashgan pardevorlar, alohida konstruksiyalar oʻrtasidagi bogʻlanishlar, shuningdek texnologik va muhandislik jihozlarining mahkamlanish joylari ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisi hamda 37-bandiga muvofiq mahalliy seysmik yuklamalar taʼsiriga hisoblanishi lozim.
Bunda inshootning qaralayotgan sathiga mos 1,0 dan kichik boʻlmagan Wη koʻpaytma qabul qilinadi. Kδ, Kt va Km koeffitsiyentlar ushbu SHNQning 58 — 62-bandlari boʻyicha belgilanadi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.