Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar ШНҚ 2.07.02-24

ШНҚ 2.07.02-24, 151-банд

5-боб. Бино ва иншоотларни лойиҳалаштиришга қўйиладиган талаблар · 6-§. Санитария-гигиена хоналарига қўйиладиган талаблар

151

Ўриндиқли аравачадан фойдаланадиган ногиронлиги бўлган шахслар учун ҳожатхона кабинасининг ички ўлчами қуйидагича бўлиши керак:

камида 1,65х1,8 m (раковинасиз);

камида 1,65х2,2 m (раковинали).

Ҳожатхона кабинасида унитаз билан ёнма-ён ўриндиқли аравача учун алоҳида жой, металл штангалар, осма трапециялар, горизонтал ва вертикал таянч тутқичлар ҳамда махсус товуш мосламаси бўлиши лозим.

Қўлтиқтаёқлар ёки шу каби мосламалар ёрдамида ҳаракат қилаётган ҳаёт фаолияти чекланган шахслар учун деворга тутқичлар ўрнатилган бўлиши зарур.

Chizma

Aravachadagi shaxs uchun hojatxona kabinasiHojatxona kabinasi — rejaChapda: rakovinasiz; o‘ngda: rakovinaliaravacha≥ 1,65 m≥ 1,8 meshik ≥ 0,9 m,tashqariga ochiladiaravacharakovina≥ 1,65 m≥ 2,2 meshik ≥ 0,9 m,tashqariga ochiladiKabina oldida ⌀ 1,5 m bo‘sh joy va taktil pol; gorizontal va vertikal tayanch tutqichlar, osma trapetsiya, tovush moslamasi.
Aravachadagi shaxs uchun hojatxona kabinasi ichki o‘lchami kamida 1,65×1,8 m (rakovinasiz), 1,65×2,2 m (rakovinali); unitaz yonida aravacha joyi, metall shtangalar, osma trapetsiyalar, gorizontal va vertikal tutqichlar, tovush moslamasi; eshik to‘liq ochilganda kamida 0,9 m va tashqariga ochiladi; kabina oldida ⌀ 1,5 m joy va taktil pol (ШНҚ 2.07.02-24, 147, 150, 151, 157-bandlar). Sxema.

3D ko‘rinish

Ochiq namuna

Ichki o‘lchami 1,9 × 2,25 m (rakovinali — ≥ 1,65 × 2,2 m); unitaz yonida aravacha uchun joy, tutqichlar, rakovina 0,8 m; eshik 0,9 m, tashqariga (koridorga) ochiladi. «Jamoat binosi» o‘quv modeli.

Bu band — ochiq namuna. Boshqa bandlardagi 3D ko‘rinishlar ro‘yxatdan o‘tganlarga ochiq (bepul).

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 05.06.2025. Lotin yozuvi — avtomatik o‘girilgan, rasmiy matn kirill yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.