CDE — umumiy ma’lumotlar muhiti: ISO 19650 dagi to‘rt holat
Loyiha ma’lumotlari bitta muhitda: ishlanmoqda → ulashilgan → nashr etilgan → arxiv. Holatdan holatga o‘tish — tasdiq bilan.
Loyihada o‘nlab mutaxassis bir vaqtda ishlaydi. Agar fayllar pochta va fleshkalarda yursa, kimdir eskirgan chizma bilan ishlay boshlaydi. ISO 19650 seriyasi ma’lumotni to‘plash, boshqarish va tarqatish uchun umumiy ma’lumotlar muhiti — CDE (Common Data Environment) bo‘lishini talab qiladi.

To‘rt holat
- Work in progress (ishlanmoqda) — muallif jamoaning ishi; boshqalar uchun hali tayyor emas.
- Shared (ulashilgan) — boshqa bo‘limlar koordinatsiya uchun ko‘radi, lekin undan qurilmaydi.
- Published (nashr etilgan) — tasdiqlangan va foydalanishga ruxsat berilgan: masalan, qurilishga beriladigan chizmalar.
- Archived (arxiv) — loyiha tarixi saqlanadi.
Holatdan holatga o‘tish kelishilgan tekshiruv va tasdiq orqali bo‘ladi. Har bir axborot konteyneri (model, chizma, hujjat) kelishilgan qoida bo‘yicha noyob identifikatorga, holat, reviziya va tasnif belgilariga ega bo‘ladi.
BIMFAB rejasi
Maqsadimiz — mahalliy CDE: modellar va chizmalarni brauzerda, telefon va planshetda ko‘rish, modelning kerakli joyiga izoh qoldirish, xodimlarga vazifasiga ko‘ra kirish huquqi berish. Bu mahsulot «Mahsulotlar» bo‘limida «tez kunda» deb belgilangan.


