Asosiy qismga o‘tish

— Yangiliklar

Saytda yangi: vakansiyalar, CV, mahsulotlar va atamalarga ulangan orol

bimfab.uz’ga yangi bo‘limlar qo‘shildi: tashkilotlar uchun vakansiyalar, talaba va mutaxassislar uchun CV va reyting, BIMFAB mahsulotlari, atama va normalarga ulangan 3D orol.

Saytda bir nechta yangi bo‘lim ishga tushdi.

Vakansiyalar

Arxitektura, BIM va qurilish sohasidagi ish o‘rinlari. Tashkilotlar e’lonni yagona shablon bo‘yicha o‘zi joylaydi — buning uchun BIMFAB alohida havola beradi; e’lon tekshiruvdan keyin chiqadi. Vakansiyalar Telegram’dagi @ArchVizHR_uz kanalida ham e’lon qilinadi.

CV va reyting

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi kabinetda so‘rovnomani to‘ldiradi — sayt CV’ni yagona korporativ shablonda chiqaradi: tajriba, ta’lim, dasturlar, tillar, portfolio. Test natijalari va kurs bahosi avtomatik qo‘shiladi. CV reytingda egasining roziligi bilan va tekshiruvdan keyin ko‘rinadi; telefon va email ommaga ko‘rsatilmaydi.

Mahsulotlar

NORMA — Revit plagini (sinov bosqichida); smeta, 4D/5D va CDE — tez kunda.

«Mahsulotlar» bo‘limi.
«Mahsulotlar» bo‘limi.

BIMFab orol

Bosh sahifadagi 3D orol endi atamalar va norma bandlariga ulangan: elementni bosing — kamera unga yaqinlashadi, kartada atama, uning izohi va tegishli norma bandlari chiqadi. Atamalar lug‘atida ham asosiy model — orol. Testlar esa yo‘nalish bo‘yicha guruhlandi: arxitektura, konstruksiyalar, muhandislik tizimlari, Revit va BIM.

Boshqa maqolalar

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.