v1.37.1 18.11.2026
Yangi: «Statistikam» — o'z ish vaqtingiz: bugun, hafta, oy; qaysi loyihada qancha ishlaganingiz; Excel'ga chiqarish. Ma'lumot faqat shu kompyuterda saqlanadi, hech qayerga yuborilmaydi. Harakatsizlik aniqroq: Revit 30 soniyadan ko'p orqada tursa yoki Revit oldinda 1 daqiqa sichqoncha/klaviatura ishlatilmasa — «harakatsiz». Pulse: Revit'dan qisqa chiqishlar ham hisobga olinadi.
v1.36.6 14.11.2026
Joriy litsenziyada yopiq vositalar lentada xira ko‘rinadi: bosilsa, nima kerakligi tushuntiriladi.
v1.36.5 12.11.2026
«Modelni tekshirish» endi bepul sinovda ham ishlaydi (hisobotlar — Pro tarifda). Litsenziyasiz vosita bosilganda chiqadigan xato tuzatildi: endi tushuntirish oynasi ochiladi.
v1.36.4 12.11.2026
«Modelni tekshirish» endi bepul sinovda ham ishlaydi (hisobotlar — Pro tarifda).
v1.36.3 12.11.2026
Server bilan aloqa xatolari endi sababini ko'rsatadi.
v1.36.2 11.11.2026
Revit 2027: plagin ishga tushmasligi tuzatildi.
v1.36.1 11.11.2026
Yangi: «Xulosa (PDF)» — rasmiy ko'rinishdagi tekshiruv xulosasi; natijalar va kvartirografiya Excel (.xlsx) ga saqlanadi. Eksplikatsiya: kvartirasiz qavatlar (do'kon, yerto'la) uchun ham jadval — «Xonasi bor barcha qavatlar». Bloklar: «Butun bino» belgisi; o'chirilgan blok yozuvi xonalardan tozalanadi. Tekshiruv: eni o'lchanmagan marsh endi xato emas — «Tekshirilmadi». Pardoz hisobi: pardoz modellanmagan xonalar haqida ogohlantirish. Litsenziya holati tezroq yangilanadi.
v1.35.0 09.11.2026
O‘rnatishda Revit versiyalarini tanlash. «Xush kelibsiz» oynasi va «Muammo bormi? Yozing» — xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchiga. Litsenziya va yangilanish himoyasi kuchaytirildi; sinov muddati saytdan olinadi.
v1.34.0 09.11.2026
NORMA_ qiymatlari modeldagi mos ADSK_ parametrlariga ham yoziladi — ADSK_ bo‘yicha ishlaydigan semeystvolar uchun (sozlamada o‘chirish mumkin).
v1.33 01.11.2026
BIMFab Pulse — firmalar uchun ish statistikasi; plagin ichidan yangilash; yangi litsenziya oynasi.
v1.32.1 29.10.2026
Natijalar panelida har norma natijasi ostida «Bandni saytda o‘qish» — BIMFAB saytidagi band sahifasi ochiladi; HTML hisobotda ham.
v1.32.0 26.10.2026
Ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya: 3 kunlik sinov, Pro — 2 ta kompyuterda. Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 uchun bitta o‘rnatuvchi.
v1.30 25–26.10.2026
Spetsifikatsiya: lift eshiklari va eshiksiz proyomlar jadvalga kirmaydi, balkon eshiklari ГОСТ 30674 bo‘yicha (БП), bitta buyum turli proyomda — harf bilan (ДВ-3а). Eksplikatsiyada kvartiralar tartibi to‘g‘rilandi.
v1.29 25.10.2026
NORMA parametrlari model guruhi nusxalarida farq qilishi mumkin — guruhlar buzilmaydi. Proyom o‘lchami taklifi (100 mm qadam), ustma-ust proyomlar bir marta hisoblanadi. Revit o‘zgarishni rad etsa — sababi bilan bekor qilinadi.
v1.28 24.10.2026
«NORMA — Квартиры» rang sxemasi: har kvartira o‘z rangida, umumiy joylar kulrang.
v1.27 24.10.2026
Plagin faqat Revit standart parametrlari va NORMA_ parametrlari bilan ishlaydi. ADSK_ qiymatlarini bir marta ko‘chirish va xavfsiz tozalash.
v1.25–1.26 22–24.10.2026
Eshik-deraza spetsifikatsiyasi (ГОСТ 21.501-2018): avtomatik Обозначение va Наименование, ГОСТ markalari, ochilish tomoni rejadagi belgidan, proyom devordagi teshikdan, chap va o‘ng — alohida qator.
v1.24 21–22.10.2026
Barcha vositalar natijasi bitta oynada; ro‘yxatlar qisqartirilmaydi.
v1.23 18–21.10.2026
Tipik qavatlar (pardoz nusxasi va jadvallar), jarayon oynasi (Esc bilan bekor qilish), kvartiralar rejadan aniqlanadi, kiritilgan ma’lumot tekshiruvi, «Pardozni tanlash».
v1.21–1.22 16–18.10.2026
Otkoslarni modellash; otkos beriladigan xonalar tanlovi.
v1.20 13–16.10.2026
Ichki pardoz: modellash, kutubxona, hisob, ГОСТ 21.501 Форма 1 va Форма 4; zinapoya pardozi.
v1.19 12.10.2026
Xona va fasad o‘lchamlari.
v1.15–1.18 05–12.10.2026
«AR · Arxitektura» bo‘limi: kvartirografiya, raqamlash, eksplikatsiya, bloklar, proyomlar, ochilish tomoni, NORMA parametrlari; o‘rnatuvchi (Setup) va HTML hisobot.
v1.0–1.14
ШНҚ 2.08.01-24 tekshiruvi: xonalar, kvartiralar, sanitariya xonalari, lift va zinapoyalar, yong‘in balandligi. 1.14 — birinchi haqiqiy loyiha (12 qavatli turar-joy) sinovidan keyingi tuzatishlar.