Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 124-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar

124

Mazkur SHNQning 165-bandi talablari hisobga olingan holda yigʻma temirbeton plitali orayopmalar uchun quyidagi konstruktiv yechimlardan biri qabul qilinishi lozim:

a) birinchi yechim:

plitalar orasidagi choklar sementli yoki polimer-sementli qorishma bilan yoki V7,5 sinfdan past boʻlmagan mayda donali beton bilan toʻldiriladi;

plitalar antiseysmik kamar yoki temirbeton bogʻlamlarga mahkamlanadi;

koʻp boʻshliqli plitalarning toʻgʻri burchak kesimli rigellarga tayanish sathida temirbeton bogʻlamlar hosil qilinadi, ushbu bogʻlamlar oraliq ramalar boʻylab yassi karkaslar bilan, chetki qator ramalari boʻylab fazoviy karkaslar bilan qurilmalanadi;

koʻp boʻshliqli plitalar rigellar ustidan oʻrnatilganda, tayanchlarda vertikal armatura sterjenlari chiqarib qoldirilishi kerak;

bogʻlagich vazifasini bajaradigan ushbu sterjenlar diametri 16 mm dan kam va qadami 400 mm dan katta boʻlmasligi yoki rigel uzunligining har bir metriga mos armatura kesimi yuzasi 5 cm2 dan kam boʻlmasligi lozim;

b) ikkinchi yechim:

orayopma plitalari bir-biriga nisbatan 120 mm dan kam boʻlmagan masofaga siljitib joylashtiriladi;

plitalar orasiga diametri 10 mm dan kam boʻlmagan 4 dona boʻylama armatura sterjen hamda diametri 6 mm dan kam boʻlmagan va qadami 200 mm dan koʻp boʻlmagan koʻndalang sterjenlardan tayyorlangan karkaslar oʻrnatiladi;

karkaslar antiseysmik kamarlarga yoki temirbeton bogʻlamlarga ankerlanadi;

yaxlit uchastkalar uchun V15 dan past boʻlmagan mayda donali beton ishlatiladi;

d) uchinchi yechim:

plitani ankerlash va uni yaxlitlashning konstruktiv yechimi ushbu bandning b kichik bandida keltirilgan yechim bilan bir xil, biroq, qoʻshimcha ravishda orayopma ustidan 50 mm qalinlikda sinfi V15 dan kam boʻlmagan mayda donali beton va diametri 3-4 mm katak oʻlchamlari 250 mm dan oshmagan sim toʻrlar bilan armaturalangan qatlam hosil qilinadi.

Drawing

Yig‘ma temirbeton plitali orayopmalarning konstruktiv yechimlariPlitalar orasidagi chok — kesimSxematikchok — qorishma yoki≥ V7,5 mayda donali beton1-yechim≥ 120 mm4 Ø ≥ 10; ko‘ndalang Ø ≥ 6,qadami ≤ 200 mm; beton ≥ V152-yechim≥ 120 mm4 Ø ≥ 10; ko‘ndalang Ø ≥ 6,qadami ≤ 200 mm; beton ≥ V15qatlam 50 mm, ≥ V15sim to‘r Ø3–4, katak ≤ 250 mm3-yechimSeysmiklikYechim (127-band)7 ball1-turdagi8 ball2-turdagi9 va undan yuqori3-turdagi124-band: 1-yechim — choklar to‘ldiriladi, plitalar kamar yoki bog‘lamlarga mahkamlanadi; 2-yechim — plitalar ≥120 mm siljitiladi, orasiga karkas; 3-yechim — 2-yechim + ustidan 50 mm armaturalangan qatlam.
1-yechim: plitalar orasidagi choklar sementli yoki polimer-sementli qorishma yoki V7,5 dan past bo‘lmagan mayda donali beton bilan to‘ldiriladi, plitalar antiseysmik kamar yoki bog‘lamlarga mahkamlanadi; 2-yechim: plitalar bir-biridan kamida 120 mm masofaga siljitiladi, orasiga diametri kamida 10 mm 4 ta bo‘ylama va diametri kamida 6 mm, qadami ko‘pi bilan 200 mm ko‘ndalang sterjenli karkas, beton V15 dan past emas; 3-yechim: 2-yechimga qo‘shimcha ravishda orayopma ustidan 50 mm qalinlikda V15 dan kam bo‘lmagan beton qatlami, diametri 3–4 mm, katagi 250 mm dan oshmagan sim to‘r bilan (124-band); 127-band: «seysmikligi 7 — 9 va undan yuqori ball bo‘lgan hududlarda ... 1, 2 va 3-turdagi konstruktiv yechimlarini mos ravishda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi» — jadvalda 7, 8, 9 va undan yuqori ball deb ko‘rsatildi (SHNQ 2.01.03-26, 124, 127-bandlar). Sxema.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.