Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 317-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari
Seysmikligi 7 ball va undan past boʻlgan zonalarda devorbop mayda va yirik oʻlchamli buyumlardan tiklanadigan pardevorlarni 16 qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan zonalarda hamda Wη<2 boʻlganda esa ularni 5 qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hisobiy seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda, shuningdek Wη<2 boʻlganda, bunday pardevorlarni faqat besh qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hisobiy seysmikligi 9 balldan yuqori boʻlgan hududlarda bunday pardevorlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kompleks konstruksiyalarda devorbop mayda oʻlchamli buyumlardan barpo etiladigan pardevorlarning har ikki tomoni mustahkamlik markasi kamida M100 boʻlgan armaturalangan qorishma bilan suvalganda ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Pardevorlar binoning ikki asosiy yoʻnalishi boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga egiluvchan bogʻlamlar bilan mahkamlanishi lozim.
Drawing
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.