Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 317-band

5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 9-§. Yuk koʻtarmaydigan konstruksiyalar va binolarning meʼmoriy elementlari

317

Seysmikligi 7 ball va undan past boʻlgan zonalarda devorbop mayda va yirik oʻlchamli buyumlardan tiklanadigan pardevorlarni 16 qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

Seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan zonalarda hamda Wη<2 boʻlganda esa ularni 5 qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

Hisobiy seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda, shuningdek Wη<2 boʻlganda, bunday pardevorlarni faqat besh qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.

Hisobiy seysmikligi 9 balldan yuqori boʻlgan hududlarda bunday pardevorlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kompleks konstruksiyalarda devorbop mayda oʻlchamli buyumlardan barpo etiladigan pardevorlarning har ikki tomoni mustahkamlik markasi kamida M100 boʻlgan armaturalangan qorishma bilan suvalganda ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

Pardevorlar binoning ikki asosiy yoʻnalishi boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga egiluvchan bogʻlamlar bilan mahkamlanishi lozim.

Chizma

G‘isht va tosh pardevorlarni chok armaturasi bilan kuchaytirishPardevor — ko‘rinishSxematik≤ 700 mmBallArmatura, kamida70,2 cm²8 va 90,3 cm²BallMayda buyumlardan≤ 716 qavatgacha8 va 95 qavatgacha> 9mumkin emas320-band: g‘isht yoki tosh pardevorlar butun uzunligi bo‘ylab chok armaturasi bilan, balandlik bo‘yicha qadami700 mm dan oshmaydi; 317-band: mayda va yirik o‘lchamli buyumlardan pardevorlar qo‘llanishi.
G‘isht yoki toshdan barpo etiladigan pardevorlar butun uzunligi bo‘ylab chok armaturalari bilan kuchaytiriladi; armaturalar balandlik bo‘ylab 700 mm dan oshmaydigan qadamda, umumiy kesim yuzasi 7 ballda kamida 0,2 cm², 8 va 9 ballda kamida 0,3 cm² (320-band); devorbop mayda va yirik buyumlardan pardevorlar 7 ball va undan past zonalarda 16 qavatgacha binolarda, 8 va 9 ballda (shuningdek Wη < 2 bo‘lganda) 5 qavatgacha binolarda, 9 balldan yuqori hududlarda qo‘llanilmaydi (317-band) (SHNQ 2.01.03-26, 320, 317-bandlar). Sxema.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.