Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 32-band

4-bob. Seysmik taʼsirlarni hisoblash

32

Bino (inshoot)larning masʼullik boʻyicha toifasi va Kmas koeffitsiyenti ushbu SHNQning 4-jadvalidan, zilzilalar takroriyligini hisobga oluvchi koeffitsiyent Kt esa 5-jadvaldan olinadi.

4-jadval
Masʼullik boʻyicha toifalarning tavsifiBinolar va inshootlar turiMasʼullik boʻyicha toifasiKmas, masʼullik koeffitsiyenti
1. Ijtimoiy masʼulligi yuqori boʻlgan oʻta masʼuliyatli hamda noyob bino va inshootlarUmumiy sigʻimi 3000 dan ortiq tomoshabinga moʻljallangan teatr va kinoteatr binolari, konsert zallari, madaniyat saroylari, yopiq sport majmualari va stadionlar, savdo-koʻngilochar binolar hamda boshqa jamoat binolari;
Muzey binolari, moddiy madaniy meros obyektlari, davlat arxiv binolari;
Ravogʻining uzunligi 60 m dan katta bino va inshootlar
I2
2. Zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish davrida favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish davrida uzluksiz ishlashi hayotiy muhim boʻlgan bino va inshootlarYongʻin qutqaruv depolari;
Energiya va ichimlik suvi taʼminoti tizimi bino va inshootlari;
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi, mobil aloqa va maʼlumot uzatish tizimi binolari va inshootlari, jumladan optik va simli aloqa tarmoqlari, minoralar, antenna-machtalar, tayanchlar, data-markazlar va boshqa shu turdagi inshootlar;
Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati maʼmuriy binolari;
Favqulodda holatlar uchun moʻljallangan boshqaruv va vaziyatlar markazlari binolari;
Travmatologiya va jarrohlik boʻlimlari mavjud tibbiyot tashkilotlari binolari;
Tez tibbiy yordam stansiyalari/podstansiyalarining binolari;
SHNQ 2.05.01-23 boʻyicha toifasi III va undan yuqori boʻlgan temir yoʻl vokzallari, shuningdek aeroport binolari, ularning dispetcherlik punktlari inshootlari hamda havo kemalari uchun angarlar;
Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etuvchi avariya, tibbiyot va boshqa xizmatlarga moʻljallangan garaj binolari.
II1,5
3. Buzilishi ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligi nuqtai nazaridan zilzilabardoshligi muhim boʻlgan bino va inshootlarOdamlarning uzoq muddat toʻplanishiga bogʻliq holda ekspluatatsiya qilinadigan binolar:
taʼlim tashkilotlari binolari;
tibbiyot tashkilotlari binolari (masʼulligi boʻyicha II toifaga mansub binolar bundan mustasno);
nogironligi boʻlgan, hayot faoliyati cheklangan va kamharakat guruhlarga kiruvchi shaxslar hamda keksalar uchun internat-uylar binolari;
barcha turdagi yotoqxona va mehmonxonalar;
jazoni ijro etish muassasalari binolari;
umumiy sigʻimi 300 dan 3000 gacha tomoshabinga moʻljallangan teatr va kinoteatr binolari, konsert zallari, madaniyat saroylari, yopiq sport majmualari va stadionlar hamda boshqa jamoat binolari;
ravogʻi 30 dan 60 m gacha boʻlgan binolar (masʼulligi boʻyicha II toifaga mansub binolar bundan mustasno);
sigʻimi 100 dan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualar binolari, shu jumladan, bozor va supermarket binolari va inshootlari.
III1,2
4. mazkur jadvalning 1, 2, 3 va 5-pozitsiyalariga kirmaydigan bino va inshootlarMasʼulligi boʻyicha I, II, III va V toifaga mansub binolardan tashqari, barcha turar joy, jamoat va sanoat binolari.IV1
5. Jamoat xavfsizligi uchun muhim boʻlgan ikkinchi darajali masʼuliyati past binolarOdamlarning doimiy toʻplanishi bilan hamda binoning buzilishi qimmatbaho asboblarning ishdan chiqishi va (yoki) atrof-muhit ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlmagan binolar va inshootlar:
issiqxonalar (issiqxona va parnik);
vaqtinchalik saqlashga moʻljallangan kichik omborxonalar;
yengil va ochiq pavilyonlar;
vaqtinchalik va yordamchi obyektlar
V0,8
Izohlar:
1) masʼullik koeffitsiyenti (Kmas) qiymatining oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi;
2) seysmikligi 6 ball va seysmiklik xossasi boʻyicha grunt III toifaga mansub hududlarda quriladigan V masʼullik boʻyicha toifasiga mansub binolar uchun Kmas masʼullik koeffitsiyenti 2-martaga kamaytiriladi (0,8/2=0,4);
3) mudofaa obyektlari, zaharli yoki yuqori portlash xavfiga ega moddalar saqlanadigan bino va inshootlar maxsus texnik shartlar hamda ularga taalluqli normativ hujjatlar asosida loyihalashtiriladi.
5-jadval
Takroriylik davri, yillardaZilzila jadalligiga mos boʻlgan takroriylik koeffitsiyenti, Kt
7 va 8 ball uchun9 va yuqori ballar uchun
4751,201,25
9751,01,15
24750,81,0
4975-0,9

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.