Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 33-band

4-bob. Seysmik taʼsirlarni hisoblash

33

Birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) boʻyicha tekshirishda konstruktiv tizimda yoki uning alohida qismlarida hosil boʻladigan maksimal nisbiy noelastik deformatsiyalar mazkur SHNQning 6-jadvalida keltirilgan yoʻl qoʻyiladigan qiymatlardan oshmasligi lozim.

Bunda darzlar hosil boʻlishi, elementlarning shikastlanishi va materiallarning plastik deformatsiyalanishi natijasida konstruktiv tizimning yuk koʻtarish qobiliyati hamda barqarorligi yoʻqolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

6-jadval
T/rKonstruktiv yechimlarChegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya, μk
1.Tosh-gʻishtli binolar2,5
2.Kompleks konstruksiyali, shu jumladan, aralash yuk koʻtaruvchi konstruksiyali binolar5,0
3.Karkasli tizimlar:
temirbeton
poʻlat
10,0
15,0
4.Yirik panelli, hajmiy-blokli, yaxlit devorli binolar10,0
5.Rama-bogʻlamli tizimlar:
temirbeton
poʻlat
7,5
10,0
6.Yaxlit temirbetondan bogʻlamli (bikirlik yadrosiga ega) tizimlar8,0
7.Bir yoki bir necha quyi qavati karkasli, qolgan yuqori qavatlari yuk koʻtaruvchi devorlardan yoki diafragmalardan iborat boʻlgan binolar3,0
8.Minorasimon konsolli inshootlar2,0
Izoh. [μk] ga aniqlik kiritishga, jumladan, yangi konstruktiv tizim qoʻllanilgan binolarni loyihalash uchun eksperimental va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar hamda maxsus texnik shartlar asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.