Skip to content

Codes & standards SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 397-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 3-§. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari

397

Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari mustahkamligi ushbu SHNQning 366 — 384-bandlarida keltirilganidek, seysmik taʼsirlarni eʼtiborga olib, statik hisob asosida quvurning materiali va mustahkamlik sinfini tanlash yoʻli bilan taʼminlanadi.

Bunda KN koeffitsiyentining qiymatlari 26-jadvaldan aniqlanadi.

Oqova suv tarmoqlari va kollektorlarining seysmik mustahkamligi quvur materiali va mustahkamlik sinfini hisoblash asosida tanlash orqali taʼminlanishi lozim.

Bosimli quvurlarning seysmik hisobi ushbu SHNQning 371 — 384-bandlari talablariga muvofiq bajariladi.

Bosimsiz quvurlar uchun hisobda quvur va ulama-choklarning germetikligi, grunt bilan oʻzaro taʼsiri, ulama-choklardagi ruxsat etilgan siljishlar va deformatsiyalar hisobga olinishi lozim. Bunda KNkoeffitsiyenti quyidagi 26-jadval boʻyicha qabul qilinadi.

26-jadval
QuvurlarKN qiymatlari
Poʻlat0,12
Choʻyan0,12
Temirbeton bosimli va bosimsiz0,15
Asbest-sement bosimli va bosimsiz0,25
Polimer (plastmassa)0,20

Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.

We accept

UzcardHumoVisaMastercard

Payment takes place on the payment system’s protected page and is confirmed with 3D Secure. Card details are not stored on our site.