Kδ koeffitsiyenti quyidagi formuladan aniqlanishi lozim:
(5)
bu yerda:
δ — tebranishlar dekrementi, u loyihalanayotgan bino yoki inshootga oʻxshash obyektlarning elastik ishlash bosqichida oʻtkazilgan sinovlar natijalari asosida qabul qilinadi.
Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda mazkur SHNQning 10-jadvalidan qabul qilinadi;
T1 — bino yoki inshootning birinchi (asosiy) xususiy tebranish shakli boʻyicha tebranish davri.
10-jadval
T/r
Bino va inshootning konstruktiv yechimi
Tebranishlar dekrementi, δ
1.
Tarhda oʻlchamlari katta boʻlmagan baland inshootlar (minoralar, machtalar, moʻrilar, alohida turuvchi lift shaxtalari)
0,15
2.
Devor toʻldirmalari karkasning deformatsiyalanishiga taʼsir koʻrsatmaydigan, hisobiy seysmik taʼsir yoʻnalishida ustun balandligining shu yoʻnalishdagi koʻndalang kesim oʻlchamiga nisbati 25 ga teng yoki undan katta boʻlgan karkasli binolar
0,15
3.
Mazkur jadvalning 1 va 2-pozitsiyalariga kirmaydigan bino va inshootlar
0,3
Official source: lex.uz.
Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.