Kδ koeffitsiyenti quyidagi formuladan aniqlanishi lozim:
(5)bu yerda:
δ — tebranishlar dekrementi, u loyihalanayotgan bino yoki inshootga oʻxshash obyektlarning elastik ishlash bosqichida oʻtkazilgan sinovlar natijalari asosida qabul qilinadi.
Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda mazkur SHNQning 10-jadvalidan qabul qilinadi;
T1 — bino yoki inshootning birinchi (asosiy) xususiy tebranish shakli boʻyicha tebranish davri.
| T/r | Bino va inshootning konstruktiv yechimi | Tebranishlar dekrementi, δ |
|---|---|---|
| 1. | Tarhda oʻlchamlari katta boʻlmagan baland inshootlar (minoralar, machtalar, moʻrilar, alohida turuvchi lift shaxtalari) | 0,15 |
| 2. | Devor toʻldirmalari karkasning deformatsiyalanishiga taʼsir koʻrsatmaydigan, hisobiy seysmik taʼsir yoʻnalishida ustun balandligining shu yoʻnalishdagi koʻndalang kesim oʻlchamiga nisbati 25 ga teng yoki undan katta boʻlgan karkasli binolar | 0,15 |
| 3. | Mazkur jadvalning 1 va 2-pozitsiyalariga kirmaydigan bino va inshootlar | 0,3 |
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.