Codes & standards SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 469-band
6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar
Yer osti va yer ustida, shu jumladan koʻtarmada joylashgan toʻgʻri chiziqli magistral quvurlarda boʻylama oʻq boʻylab yoʻnalgan seysmik toʻlqinlar taʼsiridan hosil boʻladigan hisobiy kuchlanishni quyidagi formula boʻyicha ham aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
(41)bu yerda:
m0 — quvurning gruntga qisilish koeffitsiyenti, mazkur SHNQning 28-jadvaliga muvofiq aniqlanadi;
Kmas — quvurning masʼullik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, 27-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
as — seysmik tezlanish, cm/s2, 28-jadval talablarini hisobga olib seysmik hududlashtirish va SMH maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi;
E0 — elastiklik moduli, MPa;
T0 — grunt massivi seysmik tebranishlarining davri, s;
Sr — quvur oʻqi boʻylab tarqaluvchi boʻylama seysmik toʻlqinning grunt massividagi tarqalish tezligi, cm/s. Loyihalashning dastlabki bosqichida ushbu SHNQning 28-jadvali boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
| Gruntlar | Boʻylama seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi Sr, km/s | Quvurning gruntda qisilish koeffitsiyenti m0 |
|---|---|---|
| Toʻkma gruntlar, boʻsh qumlar, qumloq tuproqlar, gillar va boshqa suvga toʻyinmagan gruntlar | 0,12 | 0,50 |
| Qumli kam namlangan | 0,15 | 0,50 |
| Qumli oʻrtacha namlangan | 0,25 | 0,45 |
| Qumli suvga toʻyingan | 0,35 | 0,45 |
| Supes va suglinok | 0,3 | 0,60 |
| Namlangan gil tuproq, plastik | 0,5 | 0,35 |
| Gil tuproq, yarim qattiq va qattiq tuproq | 2 | 0,70 |
| Lyoss va sariq tuproq (lyossli) | 0,4 | 0,50 |
| Torf | 0,1 | 0,20 |
| Past haroratli muzlagan (qumli, gil, toʻkilma) | 2,2 | 1,00 |
| Yuqori haroratli muzlagan (qumli, gil, toʻkilma) | 1,5 | 1,00 |
| Shagʻal va chaqiqtosh | 1,1 | Ushbu jadval izohlarining 2-bandiga muvofiq |
| Togʻ jinslari, qumli | 1,5 | |
| Qoya gruntlari (monolit) | 2,2 | |
| Izohlar: 1) jadvalda muhandislik tadqiqotlarida aniqlik kiritilgan Sr eng kichik qiymatlari keltirilgan; 2) quvurning siqilish koeffitsiyentining qiymatini gruntning qayta toʻldirilishi (zasipka) boʻyicha qabul qilinadi. | ||
| T/r | Quvur tavsifnomasi | Kmas koeffitsiyentining qiymati |
|---|---|---|
| 1. | Ishchi bosimi 2,5 dan 10,0 MPa (25-100 kg/cm2) ga qadar boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 1000 — 1200 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari Muhim obyektlarni gaz, neft va neft mahsulotlari bilan taʼminlaydigan istalgan ishchi bosim va diametrga ega boʻlgan quvurlar Eni 25 m va undan ortiq boʻlgan suv toʻsiqlardan oʻtkazilgan quvurlar | 1,5 |
| 2. | Ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MPa (12 — 25kg/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 500 — 800 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari | 1,2 |
| 3. | Shartli diametri 500 mm dan kichik boʻlgan neft quvurlari | 1,0 |
| Izoh. Maydon seysmikligi 9 ball boʻlsa, ushbu jadvalning 1-pozitsiyasida keltirilgan quvurlar qoʻshimcha ravishda 1,5 ga teng koeffitsiyentga koʻpaytiriladi. | ||
Official source: lex.uz. Text as of: 15.10.2026. Official text is in Latin script.