Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 469-band

6-bob. Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlari · 7-§. Magistral quvurlar

469

Yer osti va yer ustida, shu jumladan koʻtarmada joylashgan toʻgʻri chiziqli magistral quvurlarda boʻylama oʻq boʻylab yoʻnalgan seysmik toʻlqinlar taʼsiridan hosil boʻladigan hisobiy kuchlanishni quyidagi formula boʻyicha ham aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:

(41)-formula(41)

bu yerda:

m0 — quvurning gruntga qisilish koeffitsiyenti, mazkur SHNQning 28-jadvaliga muvofiq aniqlanadi;

Kmas — quvurning masʼullik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, 27-jadval boʻyicha qabul qilinadi;

as — seysmik tezlanish, cm/s2, 28-jadval talablarini hisobga olib seysmik hududlashtirish va SMH maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi;

E0 — elastiklik moduli, MPa;

T0 — grunt massivi seysmik tebranishlarining davri, s;

Sr — quvur oʻqi boʻylab tarqaluvchi boʻylama seysmik toʻlqinning grunt massividagi tarqalish tezligi, cm/s. Loyihalashning dastlabki bosqichida ushbu SHNQning 28-jadvali boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

28-jadval
GruntlarBoʻylama seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi Sr, km/sQuvurning gruntda qisilish koeffitsiyenti m0
Toʻkma gruntlar, boʻsh qumlar, qumloq tuproqlar, gillar va boshqa suvga toʻyinmagan gruntlar0,120,50
Qumli kam namlangan0,150,50
Qumli oʻrtacha namlangan0,250,45
Qumli suvga toʻyingan0,350,45
Supes va suglinok0,30,60
Namlangan gil tuproq, plastik0,50,35
Gil tuproq, yarim qattiq va qattiq tuproq20,70
Lyoss va sariq tuproq (lyossli)0,40,50
Torf0,10,20
Past haroratli muzlagan (qumli, gil, toʻkilma)2,21,00
Yuqori haroratli muzlagan (qumli, gil, toʻkilma)1,51,00
Shagʻal va chaqiqtosh1,1Ushbu jadval izohlarining 2-bandiga muvofiq
Togʻ jinslari, qumli1,5
Qoya gruntlari (monolit)2,2
Izohlar:
1) jadvalda muhandislik tadqiqotlarida aniqlik kiritilgan Sr eng kichik qiymatlari keltirilgan;
2) quvurning siqilish koeffitsiyentining qiymatini gruntning qayta toʻldirilishi (zasipka) boʻyicha qabul qilinadi.
27-jadval
T/rQuvur tavsifnomasiKmas koeffitsiyentining qiymati
1.Ishchi bosimi 2,5 dan 10,0 MPa (25-100 kg/cm2) ga qadar boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 1000 — 1200 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari
Muhim obyektlarni gaz, neft va neft mahsulotlari bilan taʼminlaydigan istalgan ishchi bosim va diametrga ega boʻlgan quvurlar
Eni 25 m va undan ortiq boʻlgan suv toʻsiqlardan oʻtkazilgan quvurlar
1,5
2.Ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MPa (12 — 25kg/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlari, shartli diametri 500 — 800 mm boʻlgan neft va neft mahsulotlari quvurlari1,2
3.Shartli diametri 500 mm dan kichik boʻlgan neft quvurlari1,0
Izoh. Maydon seysmikligi 9 ball boʻlsa, ushbu jadvalning 1-pozitsiyasida keltirilgan quvurlar qoʻshimcha ravishda 1,5 ga teng koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.