Asosiy qismga o‘tish

NORMA

NORMA — Revit uchun plagin

Modelni ШНҚ talablariga tekshiradi, xonalar, pardoz, eshik-deraza va vedomostlar bilan ishni tezlashtiradi.

Yuklab olish Tariflar va narxlar

Revit 2024–2027, Windows · oxirgi versiya v1.37.1

Namuna: NORMA kvartira planida ikki xatoni topdi Umumiy xona 18,4 m² Yotoqxona 2,25 × 4,10 Oshxona 7,2 m² Dahliz Sanuzel

Yotoqxona eni 2,25 m — kamida 2,4 m bo‘lishi kerak ШНҚ 2.08.01-24, 36-band

Oshxona 7,2 m² — ikki va undan ortiq xonali kvartirada kamida 8 m² ШНҚ 2.08.01-24, 35-band

Nima qiladi

NORMA modeldagi ma’lumotlardan foydalanib loyihachining ishini tezlashtiradi va xatolarni topadi. Noto‘g‘ri kiritilgan qiymatni o‘zi to‘g‘rilaydi va bu haqda albatta ogohlantiradi.

Vositalar

  • Modelni tekshirish — xonalar maydoni, eni va balandligi, kvartiralar, zinapoyalar va liftlar ШНҚ 2.08.01-24 bo‘yicha. Har bir xato yonida normaning bandi.
  • Xonalar — xona nomlari, qavatlar, raqamlash, bloklar, kvartirografiya va eksplikatsiya.
  • Pardoz — pardozni modellash, pardoz kutubxonasi, hisobi va jadvallari.
  • Devorlar va proyomlar — proyomlar maydoni, eshik-deraza spetsifikatsiyasi, ochilish tomoni.
  • O‘lchamlar — xona va fasad o‘lchamlari.

Ishlash qoidalari

  • Faqat Revit’ning o‘z standart parametrlari va NORMA_ parametrlaridan foydalanadi — boshqa shablonlarning parametrlariga tegmaydi.
  • Model guruhlarini (Model Group) buzmaydi.
  • Interfeys — o‘zbek va rus tillarida.

Talablar

  • Windows; Revit 2024, 2025, 2026 yoki 2027.
  • Ro‘yxatdan o‘tish va litsenziyani tekshirish uchun internet. Internetsiz 7 kungacha ishlaydi.

Vositalar

Revit lentasidagi har bir panel va vosita: nima qiladi, qanday ishlatiladi, natija qaysi parametrlarga yoziladi va qaysi normaga asoslanadi.

NORMA hozir sinov bosqichida: vositalar haqiqiy loyihalarda sinab, foydalanuvchilar fikri bilan to‘g‘rilab borilmoqda. Har bir o‘zgarish — «Versiyalar» bo‘limida.

Norma — ШНҚ tekshiruvi Modelni normalar talablariga tekshirish va tekshiruv uchun ma’lumot tayyorlash.

Modelni tekshirish

Sinov va Pro

Revit modelini ШНҚ 2.08.01-24 (turar-joy binolari) va ШНҚ 2.01.02-04 ning ayrim bandlari (yong‘in xavfsizligi) bo‘yicha tekshiradi. Har natija yonida normaning bandi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Xonalar: maydon, eni va balandligi. Eni devorlar orasida o‘lchanadi — qiya va egri devorli xonalarda ham.
  • Kvartiralar va sanitariya xonalari: kvartira turiga qarab talablar; sanuzel turi santexnika asboblaridan aniqlanadi (unitaz, vanna yoki dush, rakovina).
  • Lift va zinapoyalar: liftlar soni va kabinasi, zinapoya marshi eni va qiyaligi, maydonchalar, to‘siq balandligi, zinapoya katagi derazasi.
  • Yong‘in balandligi va evakuatsiya chiqishlari.
  • «Model tayyorligi»: tekshiruv uchun modelda nima yetishmayotgani — xona nomlari, qavat turlari, kvartira raqami va boshqalar.
Qanday ishlatiladi
  1. «Qavatlar» oynasida qavat turlarini va tipik qavatlarni belgilang.
  2. «Modelni tekshirish»ni bosing — natijalar NORMA panelida chiqadi.
  3. Natijani tanlang — Revit shu xonani ko‘rsatadi. Xato xonalar qizil, kvartiralar to‘q sariq rangda bo‘yaladi.
  4. Kerak bo‘lsa natijani sababi bilan istisno qiling, hisobotni chop eting yoki CSV ga saqlang.
Natija qayerga yoziladi
  • Panel varaqlari: Natijalar · Bino xulosasi · Model tayyorligi · Ma’lumot. Bo‘limlar: Arxitektura, Yong‘in xavfsizligi, Model tayyorligi.
  • HTML hisobot (chop etish → PDF) va CSV. Har band yonida «Bandni saytda o‘qish» — BIMFAB saytidagi norma matni.

Norma: ШНҚ 2.08.01-24 (01/2-2 21.01.2026 va 01/2-13 06.04.2026 o‘zgartirishlari bilan); ШНҚ 2.01.02-04 — 5.18, 5.34, 5.35, 5.37, 5.38, 5.40, 6.19¹, 7.10.

#

Xona nomlari

Sinov va Pro

Tekshiruv xona turini (yotoqxona, oshxona, sanuzel va boshqalar) nomidan aniqlaydi — bu oynada modeldagi xona nomlari bilan ishlaysiz.

#

Qavatlar

Sinov va Pro

Bino sathlari haqida tekshiruv uchun ma’lumot.

Batafsil
Nima qiladi
  • Har sathning turi: yerto‘la, turar-joy qavati, texnik qavat va boshqalar.
  • Tipik qavatlar guruhi.
  • Yong‘in mashinasi yo‘li sathi va yuqori qavat derazalari — yong‘in balandligini hisoblash uchun.
  • Sath nomlarini belgi yoki shablon bo‘yicha tuzatish — o‘zbek, rus va ingliz tilida.
#

Kvartirografiya

Sinov va Pro

Kvartiralar ro‘yxati: xonalar soni, umumiy va yashash maydoni.

Batafsil
Nima qiladi
  • Kvartiralar rejadan aniqlanadi: eshiklar va xona ajratish chiziqlari bilan bog‘langan xonalar bitta kvartira.
  • Umumiy joylar (podyezd, lift xolli, zinapoya) kvartiraga kirmaydi.
#

Xonalar Raqamlash, bloklar, kvartirografiya va eksplikatsiya.

Bloklar

Sinov va Pro

Bino bloklari (seksiyalari) chegarasini rejada belgilaysiz — xonalarga blok nomi o‘zi yoziladi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Blok konturlari modelda saqlanadi.
  • Keyin chizilgan yangi xonaga ham blok avtomatik yoziladi.
Natija qayerga yoziladi
  • NORMA_Блок
#

Raqamlash

Sinov va Pro

Xonalarni raqamlashKvartiralarni raqamlash

Xona va kvartira raqamlari — avtomatik yoki siz bosgan tartibda.

Batafsil
Nima qiladi
  • Xonalar: qavat bo‘yicha yoki har kvartira ichida, joylashuv tartibida; yoki xonalarni ketma-ket bosib.
  • Kvartiralar: rejadan aniqlanadi va raqamlanadi; umumiy joylar xonalariga «Места общего пользования» yoziladi.
  • Takror raqamlarni topadi va bitta tugma bilan qavatni qayta raqamlashni taklif qiladi.
Natija qayerga yoziladi
  • Revit «Номер», NORMA_Номер квартиры
#

Eksplikatsiya

Sinov va Pro

Xonalar eksplikatsiyasi jadvali: kvartiralar bo‘yicha guruhlangan, umumiy joylar oxirida.

Batafsil
Nima qiladi
  • Har qavat yoki tipik qavatlar guruhi uchun jadval.
  • Ustunlar 20-80-20 mm, NORMA_ISOCPEUR matn turlari.
  • Qayta ishga tushirilsa, jadval joyida yangilanadi.
Natija qayerga yoziladi
  • Revit loyiha brauzerida — «NORMA 1. Экспликация помещений» bo‘limi.
#

Kvartirografiyani yozish

Sinov va Pro

Kvartira ma’lumotlarini xonalarga yozadi va kvartiralarni rangga bo‘yaydi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Kvartira raqami, xonalar soni, kvartira maydonlari (umumiy, yashash va koeffitsientli).
  • Balkon, lodjiya va oynavand yozgi xonaning maydon koeffitsienti.
  • Xonalar tartibi: avval yashash uchun emas, keyin yashash xonalari.
  • «NORMA — Квартиры» rang sxemasi: har kvartira o‘z och rangida, umumiy joylar kulrang.
  • Xona nomida imlo xatosi bo‘lsa — loyihadagi to‘g‘ri nomni taklif qiladi.
Natija qayerga yoziladi
  • NORMA_Номер квартиры, NORMA_Количество комнат, NORMA_Площадь квартиры, NORMA_Площадь квартиры жилая, NORMA_Площадь квартиры общая, NORMA_Порядок помещения
#

Xona o‘lchamini yozish

Sinov va Pro

Xonaning eni va uzunligini xona parametrlariga yozadi — markada ko‘rsatish uchun.

Batafsil
Nima qiladi
  • Pog‘onali yoki qiya devorli xonalarda eng tor joy alohida ko‘rsatiladi.
#

Xonalarni tozalash

Sinov va Pro

Modeldagi yaroqsiz xonalarni (joylashtirilmagan yoki chegarasi yopilmagan) topib o‘chiradi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Nima o‘chirilgani natija oynasida sababi bo‘yicha ro‘yxat bo‘lib chiqadi.
#

O‘lchamlar

Bepul

Xona o‘lchamlariFasad o‘lchamlari

Rejada o‘lcham zanjirlarini o‘zi qo‘yadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Xona o‘lchamlari: har xonaning eni va uzunligi, eshik va derazali devorlarda zanjirlar — toza devor yuzasidan; bog‘langan konstruktiv (KJ) modeli devor va ustunlari bilan ham.
  • Raqamlar bir-birini va xona markasini to‘smaydi — joy bo‘lmasa chiziqning narigi tomoniga suriladi.
  • Fasad o‘lchamlari: bino atrofida 4 tomondan, 1 dan 4 gacha qator; birinchi qator — proyomlar va bino burchaklari.
Qanday ishlatiladi
  1. Qavat rejasini oching.
  2. Xonalarni tanlang (yoki butun ko‘rinish) va «Xona o‘lchamlari»ni bosing; fasad uchun — tomonlar va qatorlar sonini tanlang.
  3. Qo‘yib bo‘lmagan o‘lchamlar natija oynasida sababi bilan chiqadi.
#

Pardoz Ichki pardozni modellash, hisoblash va ГОСТ bo‘yicha jadvallar.

Pardozni modellash

Sinov va Pro

HammasiDevorlarPollarShiftlarOtkoslar

Xonalar pardozini Revit elementlari bilan modellaydi: devor, pol, shift, plintus va otkoslar.

Batafsil
Nima qiladi
  • Devor pardozi asosga qarab: g‘isht va blok, gazoblok, monolit beton, GKL, ustunlar — har biri o‘z turi bilan; pastki zona va запотолочное (osma shift ustidagi qism).
  • Pol plita ustidan quriladi, eshik ostida — eshik polotnosi tagigacha; balkon va lodjiyada ham; zinapoyada — faqat maydonchalarda.
  • Shift: bo‘yalgan perekritiya yoki osma shift; rigellar osti va yon tomonlari alohida; zina osti ham.
  • Otkoslar: derazalar va tashqi eshiklar; ichki eshiklarda — siz tanlagan xonalarda (masalan, sanuzel tomonida kafel).
  • Plintus eshiklarda uziladi, zinapoyada pog‘onalar bo‘ylab ketadi.
  • Sanuzellarda bir chiziqdagi turli devorlar pardozi bitta tekislikka keltiriladi.
  • Tipik qavatlar: bir qavat modellanadi, qolgan qavatlarga nusxa tushadi. Model guruhlariga (Model Group) tegilmaydi.
Qanday ishlatiladi
  1. Xonalarni tanlang yoki doirani belgilang: joriy qavat, tipik guruh yoki butun bino.
  2. Har xona guruhi uchun turlarni tanlang (★ — NORMA kutubxonasi, yoki loyihadagi turlar) va shift usulini.
  3. «Modellash» — jarayon oynasida bosqichlar va qolgan vaqt ko‘rinadi; Esc bilan bekor qilish mumkin.
  4. Natija bitta Ctrl+Z bilan qaytariladi.
Natija qayerga yoziladi
  • Har elementda NORMA_Номер помещения va NORMA_Элемент отделки. Plagin o‘zi yaratgan elementlarni belgilab qo‘yadi: qayta modellashda faqat ular almashtiriladi, qo‘lda chizilganlarga tegilmaydi.
#

Pardozni tanlash

Sinov va Pro

Plagin yaratgan pardoz elementlarini tanlaydi yoki o‘chiradi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Toifa bo‘yicha (devor, pol, shift, plintus, otkos, shtukaturka) va doira bo‘yicha: joriy qavat, ko‘rinish yoki tanlangan xonalar.
#

Yangilash

Sinov va Pro

Model o‘zgargandan keyin bitta tugma: pardoz qayta modellanadi, hisob qayta bajariladi, jadvallar yangilanadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Tipik qavatlarga tushgan nusxalar ham yangilanadi.
  • Siz qo‘lda o‘chirgan pardoz qismi bo‘lsa — oynada so‘raydi: qayta modellansinmi yoki shunday qolsinmi.
#

Pardoz hisobi

Sinov va Pro

Har xona bo‘yicha pardoz maydonlarini hisoblab, xonalarga yozadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Shift, devor, devor pastki zonasi, ustunlar, otkoslar, запотолочное (maydon va hajm), pol va plintus uzunligi.
  • Hisob modeldan (pardoz modellangan bo‘lsa) yoki xona va proyomlardan — har toifa bo‘yicha avtomatik tanlanadi.
  • Tasdiqlash oynasi: xona turlari, devor asoslari, ogohlantirishlar — masalan, ho‘l xonada suvga chidamsiz pardoz yoki shift turi usulga mos emas — «Tavsiyani qo‘llash» tugmasi bilan.
  • Kiritilgan ma’lumot tekshiruvi: noto‘g‘ri yozilgan qiymat bo‘lsa, to‘g‘ri variantni taklif qiladi.
Natija qayerga yoziladi
  • NORMA_Отделка_… (vedomost matnlari), NORMA_Площадь стен, NORMA_Площадь потолка, NORMA_Площадь пола, NORMA_Длина плинтуса, NORMA_Объем запотолочного пространства

Norma: ШНҚ 2.01.08-24, 50–51-bandlar — запотолочное qismida devorlarni suvash qoidasi (oynada tanlov).

#

Pardoz jadvallari

Sinov va Pro

ГОСТ 21.501-2018 bo‘yicha Форма 1 «Ведомость отделки помещений» va Форма 4 «Экспликация полов».

Batafsil
Nima qiladi
  • Har qavat, tipik guruh (bir qavat uchun yoki guruh yig‘indisi) yoki butun bino uchun.
  • Jadval sxemasi oynasi: ustun va qatorlarni yoqish-o‘chirish; plagin ГОСТ bo‘yicha tavsiya qiladi (★).
  • Bir katakda bir necha pardoz — har biri yangi qatordan, maydoni ro‘parasida.
  • Qayta ishga tushirilsa, jadvallar joyida yangilanadi.

Norma: ГОСТ 21.501-2018, A ilova (Форма 1, Форма 4).

#

Pardoz kutubxonasi

Sinov va Pro

Tayyor pardoz turlari: devor, pol, shift, ustun, rigel, запотолочное va plintuslar.

Batafsil
Nima qiladi
  • 20 dan ortiq tur: devor Ст-1…Ст-8 (suvoq va bo‘yoq, kafel, GKL, monolit beton va boshqalar), pol 1–7, shift Пт-1…Пт-5.
  • 9 ta xona guruhi uchun standart: yashash, oshxona, dahliz, xol, xo‘jalik, yozgi, umumiy joylar, texnik va boshqa.
  • Qatlamlar va materiallarni tahrirlash, JSON eksport va import, loyihada turlarni yaratish.
  • Qatlam qalinliklari namunaviy — o‘z amaliyotingizga moslab o‘zgartirasiz.

Norma: ГОСТ 21.501-2018 (Форма 1, 4); ШНҚ 2.01.02-04, 5.25 (evakuatsiya yo‘llaridagi pardoz materiallari).

#

Xonaga bog‘lash

Sinov va Pro

Qo‘lda chizilgan pardoz elementlariga (devor, pol, shift) xona raqamini yozadi — hisob ularni ham ko‘radi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Element bir necha xonani qoplasa, bog‘lanmaydi — natija oynasida alohida ro‘yxatda chiqadi.
#

Devorlar va proyomlar Devorlar bilan ishlash, proyomlar, eshiklar va ГОСТ bo‘yicha spetsifikatsiya.

Devorlar

Sinov va Pro

Ulanishni uzishSathlar bo‘yicha kesishDevor parametri → proyom

Devorlar bilan tez-tez qilinadigan ishlar.

Batafsil
Nima qiladi
  • Ulanishni uzish — tanlangan devorlar uchidagi ulanishni (join) o‘chiradi.
  • Sathlar bo‘yicha kesish — bir necha qavat balandligidagi devor va ustunlarni sathlar bo‘yicha bo‘laklaydi.
  • Devor parametri → proyom — devordagi parametr qiymatini undagi eshik va derazalarga ko‘chiradi (parametr nomlarini o‘zingiz yozasiz).
#

Proyomlar maydoni

Sinov va Pro

Har xonaga eshik va deraza proyomlari maydonini yozadi va proyom o‘lchamlarini tasdiqlash oynasini ochadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Proyom o‘lchami devordagi teshikdan o‘lchanadi; taklif — 100 mm qadam bilan.
  • Ikki xonaga qaragan ustma-ust proyomlar bir marta hisoblanadi.
  • Tasdiqlangan o‘lcham model guruhidagi eshik va derazalarga ham yoziladi — guruh buzilmaydi.
Natija qayerga yoziladi
  • NORMA_Проём подтверждённый, NORMA_Ширина проема, NORMA_Высота проема
#

Ochilish tomoni

Sinov va Pro

Eshik chapga yoki o‘ngga va ichkariga yoki tashqariga ochilishini aniqlaydi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Rejadagi eshik belgisidan (tabaqa chizig‘i va yoyi), bo‘lmasa — oila namunasidan.
  • Chap/o‘ng — ГОСТ 475-2016, 3.10 bo‘yicha: eshik ochiladigan tomondan qaraganda petlya qaysi tarafda.
  • Aniqlanmaganlar sababi bilan ro‘yxatda.
#

Ko‘zgu elementlar

Sinov va Pro

Ko‘zgu qilingan (Mirror) eshik, deraza va boshqa elementlarni topadi — toifa bo‘yicha ro‘yxat.

#

Eshik-deraza spetsifikatsiyasi

Sinov va Pro

ГОСТ 21.501-2018 bo‘yicha eshik va derazalar spetsifikatsiyasi — qavatlar bo‘yicha soni bilan.

Batafsil
Nima qiladi
  • Pozitsiya, belgi (Обозначение), nomlanish (Наименование), soni, massa va izoh (proyom o‘lchami).
  • Обозначение va Наименование avtomatik: eshik qaysi xonalar orasida turganiga va materialiga qarab ГОСТ 475, 31173, 23747, 30674 shablonlari.
  • Markalar ГОСТ ko‘rinishida: ДМ-1, ДВ-2, ОК1. Chapga va o‘ngga ochiladigan eshiklar — alohida qator.
  • Proyom o‘lchami devordagi teshikdan o‘lchanadi va tasdiqlanadi.
  • Lift eshiklari va eshiksiz proyomlar jadvalga kirmaydi (xohlasangiz qo‘shasiz). Tipik qavatlar bitta ustunda.
Natija qayerga yoziladi
  • Qiymatlar eshik va derazalarning o‘ziga yoziladi (guruhga kirmasdan), pozitsiya — «Марка» ga. Revit brauzerida — «NORMA 4. Спецификация элементов заполнения проемов».

Norma: ГОСТ 21.501-2018, 5.3.7; ГОСТ 21.101 (7/8-forma); ГОСТ 475-2016, ГОСТ 31173-2016, ГОСТ 23747-2015, ГОСТ 30674-99.

#

Vedomostlar Barcha jadvallar bir joyda.

Vedomostlar paneli

Sinov va Pro

EksplikatsiyaPardoz jadvallariKvartirografiyaSpetsifikatsiya

Jadval yaratadigan vositalar alohida panelda ham turadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Revit loyiha brauzerida NORMA jadvallari aralashmaydi — har tur o‘z bo‘limida: «NORMA 1. Экспликация помещений» … «NORMA 4. Спецификация элементов заполнения проемов».
#

NORMA Parametrlar, til, litsenziya.

NORMA parametrlari

Sinov va Pro

Plagin parametrlarini (NORMA_) loyihaga qo‘shadi va ularni bir jadvalda ko‘rsatadi.

Batafsil
Nima qiladi
  • Parametrlar doimiy GUID bilan — har kompyuterda va har loyihada bir xil.
  • Bir martalik ko‘chirish: eski ADSK_ qiymatlarini NORMA_ ga.
  • ADSK_ yozuvlarini xavfsiz tozalash: oila o‘lchamlari va formulali parametrlarga tegilmaydi; xohlasangiz loyiha parametrini butunlay olib tashlash.
#

Til

Hammaga

Interfeys tili: o‘zbekcha yoki ruscha.

#

Litsenziya

Hammaga

Ro‘yxatdan o‘tish, sinov va Pro holati.

Batafsil
Nima qiladi
  • Ro‘yxatdan o‘tish: ism, familiya, telefon, email, kasb, shahar; emailga tasdiqlash kodi keladi.
  • 7 kunlik sinov o‘sha zahoti boshlanadi — bitta kompyuterda bir marta.
  • Pro — 2 ta kompyuterda (tashkilot obunasida har xodim o‘z emaili bilan 1 ta kompyuterda). Internetsiz 7 kungacha ishlaydi.
#

Haqida

Hammaga

Versiya, muallif va aloqa.

#

Tariflar

Ro‘yxatdan o‘tish plaginning o‘zida bo‘ladi: emailingizga tasdiqlash kodi keladi.

Bepul

0 so‘m

  • O‘lchamlar: xona o‘lchamlari va fasad o‘lchamlari
  • Sinov muddati tugagandan keyin ham ishlaydi

Sinov — 7 kun

0 so‘m

  • Barcha vositalar va «Modelni tekshirish»
  • Tekshiruv hisobotlari (HTML, PDF xulosa, Excel) — faqat Pro’da
  • Bitta kompyuterda bir marta beriladi

Pro

120 000 so‘m / 1 oy 340 000 so‘m / 3 oy oylikdan 6 % arzon 650 000 so‘m / 6 oy oylikdan 10 % arzon 1 150 000 so‘m / 1 yil oylikdan 20 % arzon

  • Barcha vositalar, jumladan «Modelni tekshirish» (ШНҚ 2.08.01-24)
  • Tekshiruv hisobotlari: HTML, PDF xulosa, Excel
  • Shaxsiy Pro — 2 ta kompyuterda (ofis va uy)
  • Kurs talabalariga 3 oy bepul

Telegram’da yozish Qanday sotib olinadi

Qaysi tarifda nima ishlaydi
VositalarRo‘yxatdan o‘tmasdanBepulSinov — 7 kunPro
Haqida, Til, Litsenziya✓✓✓✓
O‘lchamlar: xona va fasad—✓✓✓
Xonalar, Pardoz, Devorlar va proyomlar, Vedomostlar, NORMA parametrlari——✓✓
Modelni tekshirish (ШНҚ)——✓✓
Tekshiruv hisobotlari: HTML, PDF xulosa, Excel———✓
Muddat—cheklanmagan7 kun, bir martaobuna
Kompyuterlar—112

Tashkilotlar uchun

Korporativ obuna

Loyiha tashkilotingizdagi barcha xodimlar uchun Pro — bitta so‘rov, bitta to‘lov. Hisobni shu yerda ko‘ring, tijorat taklifini chop eting yoki rahbaringizga havolasini yuboring.

  • 1 o‘rin — 1 xodim o‘z emaili bilan, 1 ta kompyuterda
  • Xodimlar ro‘yxati emaillari bo‘yicha Pro beriladi
  • Tijorat taklifi bir bosishda — PDF yoki qog‘ozga
  • Shartnoma va bank o‘tkazmasi — tez kunda

Hisob-kitob

5 ta kompyuterda ishlaydi

Muddat
—
—
—
Jami
—

Shartnoma uchun so‘rov

Qanday sotib olinadi

  1. Yuklab oling va o‘rnating

    Bitta o‘rnatuvchi Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 uchun.

  2. Ro‘yxatdan o‘ting

    Plaginning «Litsenziya» oynasida: emailingizga kod keladi va 7 kunlik sinov boshlanadi.

  3. To‘lov qiling

    Hozircha bank kartasi orqali o‘tkazma: Telegram’da yozing (@Blackhawk997) yoki tashkilot so‘rovini qoldiring — rekvizitlarni yuboramiz.

  4. Pro faollashadi

    To‘lov tasdiqlangach hisobingizga Pro beriladi — kalit kiritish shart emas: plagin serverdan tekshiradi va «Litsenziya» oynasida Pro ko‘rinadi.

Bank kartasi orqali o‘tkazma

Hozir

Payme · Click

Tez kunda — to‘lovdan keyin Pro o‘zi faollashadi

Tashkilotlar: shartnoma va bank o‘tkazmasi

Tez kunda

Versiyalar

Har bir versiya foydalanuvchilar sinovi asosida chiqqan. Yangisi — yuqorida.

  1. v1.37.1 18.11.2026

    Yangi: «Statistikam» — o'z ish vaqtingiz: bugun, hafta, oy; qaysi loyihada qancha ishlaganingiz; Excel'ga chiqarish. Ma'lumot faqat shu kompyuterda saqlanadi, hech qayerga yuborilmaydi. Harakatsizlik aniqroq: Revit 30 soniyadan ko'p orqada tursa yoki Revit oldinda 1 daqiqa sichqoncha/klaviatura ishlatilmasa — «harakatsiz». Pulse: Revit'dan qisqa chiqishlar ham hisobga olinadi.

  2. v1.36.6 14.11.2026

    Joriy litsenziyada yopiq vositalar lentada xira ko‘rinadi: bosilsa, nima kerakligi tushuntiriladi.

  3. v1.36.5 12.11.2026

    «Modelni tekshirish» endi bepul sinovda ham ishlaydi (hisobotlar — Pro tarifda). Litsenziyasiz vosita bosilganda chiqadigan xato tuzatildi: endi tushuntirish oynasi ochiladi.

  4. v1.36.4 12.11.2026

    «Modelni tekshirish» endi bepul sinovda ham ishlaydi (hisobotlar — Pro tarifda).

  5. v1.36.3 12.11.2026

    Server bilan aloqa xatolari endi sababini ko'rsatadi.

  6. v1.36.2 11.11.2026

    Revit 2027: plagin ishga tushmasligi tuzatildi.

  7. v1.36.1 11.11.2026

    Yangi: «Xulosa (PDF)» — rasmiy ko'rinishdagi tekshiruv xulosasi; natijalar va kvartirografiya Excel (.xlsx) ga saqlanadi. Eksplikatsiya: kvartirasiz qavatlar (do'kon, yerto'la) uchun ham jadval — «Xonasi bor barcha qavatlar». Bloklar: «Butun bino» belgisi; o'chirilgan blok yozuvi xonalardan tozalanadi. Tekshiruv: eni o'lchanmagan marsh endi xato emas — «Tekshirilmadi». Pardoz hisobi: pardoz modellanmagan xonalar haqida ogohlantirish. Litsenziya holati tezroq yangilanadi.

  8. v1.35.0 09.11.2026

    O‘rnatishda Revit versiyalarini tanlash. «Xush kelibsiz» oynasi va «Muammo bormi? Yozing» — xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchiga. Litsenziya va yangilanish himoyasi kuchaytirildi; sinov muddati saytdan olinadi.

  9. v1.34.0 09.11.2026

    NORMA_ qiymatlari modeldagi mos ADSK_ parametrlariga ham yoziladi — ADSK_ bo‘yicha ishlaydigan semeystvolar uchun (sozlamada o‘chirish mumkin).

  10. v1.33 01.11.2026

    BIMFab Pulse — firmalar uchun ish statistikasi; plagin ichidan yangilash; yangi litsenziya oynasi.

  11. v1.32.1 29.10.2026

    Natijalar panelida har norma natijasi ostida «Bandni saytda o‘qish» — BIMFAB saytidagi band sahifasi ochiladi; HTML hisobotda ham.

  12. v1.32.0 26.10.2026

    Ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya: 3 kunlik sinov, Pro — 2 ta kompyuterda. Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 uchun bitta o‘rnatuvchi.

  13. v1.30 25–26.10.2026

    Spetsifikatsiya: lift eshiklari va eshiksiz proyomlar jadvalga kirmaydi, balkon eshiklari ГОСТ 30674 bo‘yicha (БП), bitta buyum turli proyomda — harf bilan (ДВ-3а). Eksplikatsiyada kvartiralar tartibi to‘g‘rilandi.

  14. v1.29 25.10.2026

    NORMA parametrlari model guruhi nusxalarida farq qilishi mumkin — guruhlar buzilmaydi. Proyom o‘lchami taklifi (100 mm qadam), ustma-ust proyomlar bir marta hisoblanadi. Revit o‘zgarishni rad etsa — sababi bilan bekor qilinadi.

  15. v1.28 24.10.2026

    «NORMA — Квартиры» rang sxemasi: har kvartira o‘z rangida, umumiy joylar kulrang.

  16. v1.27 24.10.2026

    Plagin faqat Revit standart parametrlari va NORMA_ parametrlari bilan ishlaydi. ADSK_ qiymatlarini bir marta ko‘chirish va xavfsiz tozalash.

  17. v1.25–1.26 22–24.10.2026

    Eshik-deraza spetsifikatsiyasi (ГОСТ 21.501-2018): avtomatik Обозначение va Наименование, ГОСТ markalari, ochilish tomoni rejadagi belgidan, proyom devordagi teshikdan, chap va o‘ng — alohida qator.

  18. v1.24 21–22.10.2026

    Barcha vositalar natijasi bitta oynada; ro‘yxatlar qisqartirilmaydi.

  19. v1.23 18–21.10.2026

    Tipik qavatlar (pardoz nusxasi va jadvallar), jarayon oynasi (Esc bilan bekor qilish), kvartiralar rejadan aniqlanadi, kiritilgan ma’lumot tekshiruvi, «Pardozni tanlash».

  20. v1.21–1.22 16–18.10.2026

    Otkoslarni modellash; otkos beriladigan xonalar tanlovi.

  21. v1.20 13–16.10.2026

    Ichki pardoz: modellash, kutubxona, hisob, ГОСТ 21.501 Форма 1 va Форма 4; zinapoya pardozi.

  22. v1.19 12.10.2026

    Xona va fasad o‘lchamlari.

  23. v1.15–1.18 05–12.10.2026

    «AR · Arxitektura» bo‘limi: kvartirografiya, raqamlash, eksplikatsiya, bloklar, proyomlar, ochilish tomoni, NORMA parametrlari; o‘rnatuvchi (Setup) va HTML hisobot.

  24. v1.0–1.14

    ШНҚ 2.08.01-24 tekshiruvi: xonalar, kvartiralar, sanitariya xonalari, lift va zinapoyalar, yong‘in balandligi. 1.14 — birinchi haqiqiy loyiha (12 qavatli turar-joy) sinovidan keyingi tuzatishlar.

Savol-javob

Qaysi Revit versiyalarida ishlaydi?

Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 — Windows’da. O‘rnatuvchi bitta: kompyuterdagi Revit versiyalarini o‘zi topadi, qaysilariga qo‘shishni tanlaysiz.

Internet kerakmi?

Ro‘yxatdan o‘tish va litsenziyani tekshirish uchun kerak. Internetsiz 7 kungacha ishlaydi.

Nechta kompyuterda ishlataman?

Shaxsiy Pro — 2 ta kompyuterda (ofis va uy). Tashkilot obunasida har o‘rin — bitta xodim, o‘z emaili bilan, 1 ta kompyuterda. Sinov — bitta kompyuterda bir marta.

Sinov tugagach nima bo‘ladi?

O‘lchamlar (xona va fasad) bepul ishlashda davom etadi. Qolgan vositalar uchun Pro kerak.

ADSK yoki boshqa shablon parametrlari bilan ishlaydimi?

Plagin faqat Revit’ning o‘z standart parametrlari va o‘zining NORMA_ parametrlari bilan ishlaydi. Eski ADSK_ qiymatlarini «NORMA parametrlari» oynasida bir marta NORMA_ ga ko‘chirish mumkin.

Model guruhlari (Model Group) buziladimi?

Yo‘q. Qiymatlar guruh a’zolariga guruhga kirmasdan yoziladi; guruhni buzadigan amal bo‘lsa, plagin uni o‘tkazib yuboradi va natija oynasida ko‘rsatadi.

Qaysi normalar asosida?

ШНҚ 2.08.01-24 (o‘zgartirishlari bilan) va ШНҚ 2.01.02-04 ning ayrim bandlari; jadvallar — ГОСТ 21.501-2018. Har natija yonidagi havola BIMFAB saytidagi norma matnini ochadi.

Xato topsam yoki taklifim bo‘lsa?

Telegram’da yozing, iloji bo‘lsa skrinshot bilan. Har versiya foydalanuvchilar sinovi asosida tuzatiladi.

Kurs talabalari uchun?

Kurs talabalariga Pro 3 oy bepul.

Qaysi bandlar avtomatik tekshiriladi?

Hozircha 28 ta band — ro‘yxati quyida; har birini bosib, norma matnini o‘qish mumkin. Normalarning qolgan bandlari avtomatik tekshirilmaydi — ularni mutaxassis qo‘lda ko‘rib chiqadi. Plagindagi «moslik foizi» ham faqat shu bandlar bo‘yicha hisoblanadi. Yangi bandlar versiyama-versiya qo‘shiladi.

ШНҚ 2.08.01-24 (20): 34, 35, 36, 38, 39, 40, 43, 44, 46, 47, 171, 178, 179, 180, 190, 196, 222, 226, 229, 230

ШНҚ 2.01.02-04 (8): 5.18, 5.34, 5.35, 5.37, 5.38, 5.40, 6.19¹, 7.10

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.