Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 117-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Olinmaydigan qolip sifatida profillangan poʻlat toʻshamalardan foydalanib yaxlit temirbeton orayopma qurilganda, yaxlit orayopmaning quyi tayanch konstruksiyalari, jumladan seysmik kamarlar bilan ishonchli bogʻlanishi taʼminlanishi lozim.
Gorizontal zoʻriqishlarni faqat profillangan toʻshamaning har bir toʻlqinida oʻrnatiladigan oʻz-oʻzidan burovchi vintlar yordamida uzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Profillangan toʻshamaning tayanish uzunligi kamida 80 mm boʻlishi zarur.
Chizma
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.