Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 118-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 1-§. Umumiy qoidalar
Orayopma plitalarining tayanish uzunligi yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning turiga qarab quyidagi qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim:
tosh-gʻisht devorlarda — 120 mm dan;
plita kontur boʻyicha tayanganda — 60 mm dan;
plita toʻsin sxemasi boʻyicha tayanganda — 70 mm dan;
beton bloklardan tiklangan devorlarda — 100 mm dan;
yigʻma temirbeton va metall rigellar uchun — 80 mm dan;
yaxlit temirbeton devorlar (diafragma) uchun — 70 mm dan.
Chizma
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.